So’nggi yangiliklar

02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  47 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  0 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  1 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  7 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  8 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

APL. Yirik hisob, 9 gol, 2ta xet-trik, 1 dubl - Manchester derbisida "shaharliklar"ning qo'li baland keldi Yangiliklar

APL. Yirik hisob, 9 gol, 2ta xet-trik, 1 dubl - Manchester derbisida "shaharliklar"ning qo'li baland keldi

APLning 9-turi doirasidagi "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Siti – Manchester Yunayted 6:3

2 oktyabr, 18.00, "Etixad Stedium"

Gol: Foden (8, 44, 73), Xoland (34, 38, 64) - Antoni (55), Marsyal (84, 90-pen).

Manchester Siti - Ederson, Uolker (Gomes, 41), Akanji, Ake, Kanselu, Gyundogan, De Bryuyne, Bernardu, Foden, Xoland, Grilish.

Manchester Yunayted - de Xea, Martines, Fernandesh, Reshford (Marsyal, 59), Malasia (SHou, 46), Eriksen, Varan (Lindelof, 40), Dalot, Antoni, Sancho (Fred, 70), Maktomini (Kazemiro, 58).

Ogohlantirish: Dalot (2), Malasiya (23).

Manchester City

Phil Foden - 8', Erling Haaland - 34', Erling Haaland - 37', Phil Foden - 44', Erling Haaland - 64', Phil Foden - 73'

Premier League . 9-tur

02/10/2022, 19:00

3
:
6
Tugadi

Manchester United

Antony - 56', Anthony Martial - 84', Anthony Martial - 90'

Stadion: Etihad Stadium, 53475 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
8'  Phil Foden
8'  Bernardo Silva
34'  Erling Haaland
34'  Kevin De Bruyne
37'  Erling Haaland
37'  Kevin De Bruyne
41'  Kyle Walker (Sergio Gomez)
44'  Phil Foden
44'  Erling Haaland
64'  Erling Haaland
64'  Sergio Gomez
73'  Phil Foden
73'  Erling Haaland
75'  Ilkay Gundogan (Aymeric Laporte)
75'  Jack Grealish (Cole Palmer)
75'  Phil Foden (Riyad Mahrez)
75'  Kevin De Bruyne (Julian Alvarez)
2'  Diogo Dalot
23'  Tyrell Malacia
40'  Raphael Varane (Victor Nilsson Lindeloef)
46'  Tyrell Malacia (Luke Shaw)
56'  Antony
56'  Christian Eriksen
59'  Marcus Rashford (Anthony Martial)
59'  Scott McTominay (Casemiro)
70'  Jadon Sancho (Fred)
80'  Bruno Fernandes
84'  Anthony Martial
90'  Anthony Martial

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Derbida yana bir bor "Siti"ning qo'li baland keldi.

90+1. GOOOOOLLL!! Marsyal penaltidan unumli foydalandi! Hisob baribir yirikligicha qolmoqda.

86. MYU hujumga o'tdi. Antonining zarbasini Ederson ushlab oldi.

85. Hisobdagi farq bir daqiqadayoq joyiga qaytishi mumkin edi. Martines bunga yo'l qo'ymadi.

84. GOOOOOOLLLL!! Marsyal hisobni hech bo'lmasa bittaga qisqartirdi. "Siti" muxlislari golni nishonlashmoqda)

73. UXXXXX!!! 6:1. Foden ham xet-trik qayd etyapti. Oson gol urdi. Juda oson.

70. Bugun umuman o'yini chiqmagan Sancho o'rniga Fred tushdi. Bugun Ronaldu o'ynamaydi.

67. "Yunayted"da xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Sancho oddiy joyda to'pni to'xtata olmadi. Golli imkoniyat yo'qqa chiqdi.

64. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!!! XET-TRIKKKK!!! Xoland otasi uchun "Yunayted"dan qasos olishni davom etadi! 

64. ZARBAAAAAA!!!! Xolandning zarbasini de Xea burchakka chiqarib yubordi.

62. "Siti" yana ustunlikni qo'liga olmoqda. Taym boshida "Yunayted" to'pni raqibiga bermayotgandi. Endi esa ololmayapti.

59. Erik ten Xag o'yinga Kazemiro hamda Marsyalni tashladi. Ronaldu esa kutmoqda.

55. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Antonidan super gol! Rostdan ham chiroyli gol urdi braziliyalik. 4:1.

52. O'yin sokinlashdi. Hozircha "Siti"da gol urish ishtiyoqi yo'q.

45. UXXXX!!! Ikkinchi bo'lim tezkor gol bilan boshlanishi mumkin edi. Fodenning zarbasini de Xea qaytardi.

- Jamoalar ikkinchi bo'limni boshlash uchun maydonga qaytishmoqda. Malasiya o'rniga SHou maydonga tushdi.

Tanaffus!

45+2. Ten Xagning o'zi ham bunday natijadan mamnun emas. U boshini chayqatib, afsuslanib o'tiribdi. "Yunayted" muxlislari esa stadionni tark etishmoqda, xatto "Siti" fanlari ham)

44. GOOOOOOLLL!!! Endi buyog'iga unchalik emociya qilmasa ham bo'ladi. "Yunayted" ushbu mavsum ikkinchi marta birinchi bo'limning o'zida 4ta qo'yib yubordi. Fodendan dubl!

41. Jarohatlangan Uoker o'rniga Gomes maydonga tushdi.

40. Kayl Uoker jarohat olganga o'xshamoqda. Unga tibbiy yordam ko'rsatilyapti. Varan esa o'z o'rnini Lindelofga bo'shatdi.

38. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! X-O-L-A-N-D! 4 daqiqa ichida dubl! "Yunayted" ushbu mavsum yana bir bora birinchi bo'limda yakson qilinmoqda.

34. GOOOOOOOOOLLLLL!!! XOLAANNNNDDDD!!! U ham o'z so'zini aytdi! Burchakdan uzatilgan to'pni Xoland boshi bilan darvozaga kiritdi.

31. UXXXXXXX!!! "Yunayted" darvozasi yana o'qqa tutildi. Dastlabki ikki zarbani himoyachilar qaytardi, so'nggisi esa de Xeaning barmoqlariga tegib, maydonni tark etdi.

30. Antonining zarbasi noaniq ketdi.

23. "Siti" yana hujumga o'tayotgandi. Fodenni fol evaziga to'xtatgan Malasiya ham ogohlantirildi.

18. ZARBAAAAAAA!!! Gyundoganning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi. Zarba aniq bo'lganida de Xea ham hech nima qila olmasdi.

17. Martines o'z jarima maydonchasi yonginasida Grilishni yiqitdi. "Siti"da endi juda-juda havfli nuqtadan jarima zarbasi.

15. "Yunayted"dan ilk hujum. Sanchoning pasidan keyin muvozanatni yo'qotgan Eriksen ko'ngildagidek zarba yo'llay olmadi. Ederson to'pni ushlab oldi.

12. Dalot yana bir bor Grilishga qarshi fol ishlatdi. "Siti"da jarima zarbasi.

8. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Fil Foden hisobni ochdi! "Siti" o'yindagi ustunlikni hisobga ham o'zgartirmoqda!

3. ZARBAAAAAAAAAA!!!! "Yunayted" darvozasi oldida zarbalar yomg'iri yog'dirildi. Dastlabki zarbani himoyachi, ikkinchisini posbon, uchinchisini ham himoyachi qaytarib yubordi.

2. Uchrashuvdagi ilk fol bosh hakam tomonidan kechirilmadi. Dalot katta tezlikdagi Grilishni yiqitdi va sariq kartochka ishlab oldi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Uchrashuv startiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика