So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

APL. Bir ko'chada bayram, birisida esa g'am - "Manchester Siti" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi Yangiliklar

APL. Bir ko'chada bayram, birisida esa g'am - "Manchester Siti" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi

Angliya chempionati 28-turi doirasidagi "Manchester Siti" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

APL. "Manchester Siti" – "Manchester Yunayted" 4:1

Gollar: Kevin De Bryuyne 5', Djeydon Sancho 22', Kevin De Bryuyne 28', Riyad Marez 69', Riyad Marez 90+2'

"Manchester Siti": 31. Ederson Moraes, 2. Kayl Uoker, 5. Djon Stounz, 14. Emerik Lyaport, 27. Juan Kanselu, 17. Kevin De Bryuyne (8. Ilkay Gyundogan 80'), 16. Rodrigo Ernandes, 10. Djek Grilish, 20. Bernardu Silva, 47. Fil Foden, 26. Riyad Marez. 

Zaxira: 33. Skott Karson, 7. Raxim Sterling, 9. Gabriel Jezus, 11. Aleksandr Zinchenko, 25. Fernandino, 79. Lyuk Mbete-Tabu, 87. James McAtee, 48. Liam Delap.

"Manchester Yunayted": 1. David de Xea, 29. Aaron Uan-Bissaka, 2. Viktor Lindelef, 5  Xarri Maguayr, 27. Aleks Telles, 18. Brunu Fernandesh, 39. Skott Maktominey, 17. Fred, 25. Djeydon Sancho, 6. Pol Pogba (10. Markus Reshford 64'), 36. Entoni Elanga (14. Djessi Lingard 64').

Zaxira: 26. Din Xenderson, 3. Erik Bayi, 20. Diogu Dalo, 4. Fil Djons, 8. Xuan Mata, 31. Nemanya Matich, 46. Xannibal Mejbri.

Ogohlantirishlar: Xarri Maguayr 63'

Manchester City

Kevin De Bruyne - 5', Kevin De Bruyne - 28', Riyad Mahrez - 68', Riyad Mahrez - 90'

Premier League . 28-tur

06/03/2022, 20:30

1
:
4
Tugadi

Manchester United

Jadon Sancho - 22'

Stadion: Etihad Stadium, 53165 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
5'  Kevin De Bruyne
5'  Bernardo Silva
28'  Kevin De Bruyne
68'  Riyad Mahrez
68'  Kevin De Bruyne
80'  Kevin De Bruyne (Ilkay Gundogan)
90'  Riyad Mahrez
90'  Ilkay Gundogan
22'  Jadon Sancho
22'  Paul Pogba
63'  Harry Maguire
64'  Anthony Elanga (Jesse Lingard)
64'  Paul Pogba (Marcus Rashford)


90+5. O'yin yakunlandi! Bugun bir ko'chada bayram bo'ladi, yana bir ko'cha esa g'amga botadi...

90+2. Gol hisobga olindi!

90+1. Gol VAR orqali ko'rib chiqilmoqda.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

Marez darvozabon bilan birga-bir chiqib kuchli zarba berdi va gol urdi!

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Marez hisobni uchtaga oshirdi!

89. Grilish chapdan to'pni jarima maydonchasi ichidagi Gyundoganga uzatdi, ammo Ilkay to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi.

86. "Manchester Siti" muxlislari allaqachon g'alabani nishonlashni boshlab yuborishdi. Muxlislar maydonga qaramagan holda o'zaro jipslashib, to'lqinni hosil etishmoqda. 

84. Statistika: 1-bo'limda xavfli vaziyatlar - 10:5, 2-bo'limda 9:0.

81. ZARBA! O'ng qanotdan to'p havolatib Kanseluga uzatildi, u chalqancha usulda darvoza tomon zarba berdi, ammo de Xea bu vaziyatda super seyv bilan to'pni qaytardi!

73. Marezning darvozaga yo'llagan navbatdagi zarbasini de Xea qaytarib yubordi.

"Man Siti" burchak zarbasini amalga oshirdi: to'p jarima maydonchasi tashqarisida turgan Marezga uzatildi, uning darvozaga yo'llagan zarbasi esa gol bilan yakunlandi! 

69. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Hisob ikkitaga oshirildi!

"Manchester Siti"ning ikkinchi golidan so'ng de Xea darvozasining ortidan olingan surat:

62. De Bryuynening jarima zarbasidan erlatib yo'llagan zarbasini de Xea ushlab oldi.

59. Statistika: to'p nazorati bo'yicha ustunlik - 74% : 26%.

54. Grilish jarima maydonchasiga kirib borib to'pni Marezga uzatdi, u esa darvozaga zarba berdi, himoyachilar esa to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi.  

50. Foden raqib himoyachisidan to'pni olib qo'yib darvozaga erlatib zarba berdi, biroq noaniq ketdi.

49. Bernardu Silvaning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.

48. Bo'lim mezbonlar ustunligida boshlandi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+3. Bruno darvozaga zarba berdi, to'p himoyachilar tomonidan maydon tashqarisiga chiqarib yuborildi. 

45. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Marezning aylantirib bergan zarbasini de Xea qaytarib yubordi.

41. Bruno jarima maydonchasiga kirib borib to'pni Sanchoga uzatdi, biroq uning bergan zarbasi anchagina noaniq ketdi. 

40. Bahs davom etmoqda. Foden darvoza tomon erlatib zarba berdi, ammo to'p darvozaga bormadi.

35. Uchrashuvda to'xtalish yuzaga keldi, jamoalar bosh murabbiylari vaziyatdan foydalangan holda o'z shogirdlariga ko'rsatmalar bermoqda.  

31. O'yin nazorati to'laligicha mezbonlar tarafga o'tmoqda. "Man Siti" umuman tinmayapti.

Foden jarima maydonchasiga kirib kelib darvozaga zarba berdi, de Xea uni qaytardi, Bernardu yana zarba berdi, de Xea yana qaytardi va uchinchi zarbani De Bryuyne berdi hamda gol urdi!

28. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Man Siti" hisobni yana oshirdi!

27. "Man Siti" gol urgach mehmonlar hujumlar sonini oshirgan edi, hisob tenglashgach esa mezbonlar ko'proq hujum uyushtirishmoqda.

Pogba to'pni chapga - Sanchoga uzatdi, u tezlikni biroz sekinlashtirib, Uokerdan o'tdi va darvozaga "yumshoq" zarba yo'lladi hamda gol urdi! 

22. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! O'yinda hisob tenglashdi!

20. "Manchester derbi"sini stadiondan turib Ser Aleks Fergyuson kuzatib bormoqda. 

19. O'yindagi etiborga molik jihat - Ronaldu qaydnomada yo'q. U bugun maydonga tushmasligi aniq.

17. De Bryuyne jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi, de Xea to'pni qaytardi, Foden esa himoyachilar o'rtasida palapartishlik sodir bo'ldi, hakam hujumda fol bo'lganini qayd etdi.

16. O'yinning tempini yuqori deb bo'lmaydi. To'p nazorati asosan mezbonlarda.

8. Bruno to'pni Fredga uzatdi, u esa darvozaga yaqin kelib zarba bera olmadi, "Man Siti" himoyachilari ajoyib harakat qilishdi.

Grilish chap qanotdan oldinga yurish qildi, u Bernardu Silvaga to'pni uzatdi, Silva esa to'pni markazda turgan De Bryuynega berdi, Kevin esa gol urdi!

5. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Man Siti" hisobni ochdi!

2. O'yinning ilk daqiqalari xotirjamlik bilan boshlandi. 

1. Uchrashuvga start berildi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика