So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  1 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  11 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  33 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

APL. "Liverpul" o'z maydonida "Vest Xem"ni kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

APL. "Liverpul" o'z maydonida "Vest Xem"ni kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi

Angliya chempionati 28-turidan o'rin olgan uchrashuvi yakunlandi.

APL. "Liverpul" – "Vest Xem" 1:0

Gollar: Sadio Mane 27'

"Liverpul": 1. Alisson, 66. Trent Aleksander-Arnold, 5. Ibraima Konate, 4. Virdjil van Deyk, 26. Endryu Robertson, 14. Djordan Xenderson, 8. Nabi Keyta (7. Djeyms Milner 90'), 3. Fabino, 10. Sadio Mane, 23. Luis Dias (17. Kertis Djons 90+6), 11. Moxamed Salax (20. Diogu Jota 79').

Zaxira: 62. Kuivin Kellexer, 12. Djo Gomes, 15. Aleks Oksleyd-CHemberlen, 18. Takumi Minamino, 27. Divok Origi, 67. Xarvi Elliot.

"Vest Xem": 1. Lukash Fabianskiy, 31. Ben Djonson, 15. Kreyg Douson, 4. Kurt Zuma, 3. Aaron Kressuell, 28. Tomash Souchek, 8. Pablo Fornals (51. Daniel CHesters 90+3), 20. Djerrod Bouen (22. Benraxma Moxamed Said 53'), 10. Manuel Lansini, 11. Nikola Vlashich (16. Mark Nobl 61'), 9. Maykl Antonio. 

Zaxira: 13. Alfons Areolya, 23. Issa Diop, 24. Rayan Frederiks, 26. Artur Masuaku, 33. Aleks Kral, 40. Armstrong Oko-Flex.

Ogohlantirishlar: Kreyg Douson 32', Diogu Jota 89', Sadio Mane 90+4'

Liverpool

Sadio Mane - 27'

Premier League . 28-tur

05/03/2022, 21:30

0
:
1
Tugadi

West Ham United

Stadion: Anfield, 53059 tomoshabin

Bosh hakam: Jonathan Moss

45'
90'
27'  Sadio Mane
27'  Trent Alexander-Arnold
79'  Mohamed Salah (Diogo Jota)
89'  Diogo Jota
90'  Naby Keita (James Milner)
90'  Sadio Mane
90'  Luis Diaz (Curtis Jones)
31'  Craig Dawson
53'  Jarrod Bowen (Said Benrahma)
61'  Nikola Vlasic (Mark Noble)
90'  Pablo Fornals (Daniel Chesters)


90+6. Uchrashuv yakunlandi!

90+5. Jotaning darvozaga yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi. 

90+1. Sanening raqib jarima maydonchasi ichidan darvoza tomon yo'llagan zarbasi Zumaning qo'liga tegdi, biroq masofa juda yaqinligini inobatga olib hakam penalti belgilamadi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Liverpul" tezkor qarshi hujumga o'tgandi, biroq Jotaning jarima maydonchasiga uzatgan to'pni himoyachilar qaytarib yubordi.

80. XAVFLI VAZIYAT! Antonio o'ng qanotdan katta tezlikda jarima maydonchasi tomon kirib keldi, biroq u zarba berolmadi, Nabi Keyta to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

78. Salah darvozagacha bo'lgan 4 metrlik masofadan gol urolmadi.

75. Luis Diasdan xavfli zarba, ammo birozgina noaniq!

73. Uchrashuv tempini yuqori deb bo'lmaydi. Har ikki jamoa hujumlar uyushtirishga harakat qilyapti, ammo hozircha ular xavfli ko'rinishga aylanmayapti.

72. Manening darvoza tomon yo'llagan ikki zarbasi ham himoyachilarga tegib qaytdi. 

70. XAVFLI VAZIYAT! Lansini darvozaga 5 metr masofada zarba berdi, ammo uning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

66. Endi darvozaga zarba yo'llash navbati Salahga - uning zarbasini Fabianskiy ushlab oldi.

64. Luis Diasning darvoza tomon aylantirib yo'llagan zarbasi birozgina noaniq ketdi. 

Malumot uchun, ushbu uchrashuvda Nike kompaniyasining yangi to'plaridan foydalanilmoqda. 

56. Ikkinchi bo'lim xotirjamlik bilan o'tmoqda.

52. Djerrod Bouen jarohat olib maydonni tark etdi. 

50. Trent Aleksander-Arnold darvoza tomon havolatib yo'llagan zarbasi sekin bo'ldi va uni darvozabon ushlab oldi.

48. van Deyk raqib bilan elkama-elka kurashda xatoga yo'l qo'ydi, Djerrod Bouen to'pni o'ziga to'g'rilay olmadi, Robertson to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+1. Birinchi bo'lim yakuniga etdi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

44. Salahning darvoza tomon bergan zarbasi darvoza to'sinining anchagina ustidan o'tib ketdi.

43. Antonioning darvozaga yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

39. XAVFLI VAZIYAT! Pablo Fornals darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, to'pni Alissonning ustidan oshirib qo'ymoqchi bo'ldi, ammo darvoza chizig'idan Trent Aleksander-Arnold to'pni qaytarib yubordi. Ikkinchi tempda davom etgan hujumdan ham naf chiqmadi.

38. XAVFLI VAZIYAT! Trent "Vest Xem" jarima maydonchasi ichida to'pni markazroqqa uzatdi, hujumchilardan birining yo'llagan zarbasi o'xshamadi, himoyachilar to'pni chiziqdan qaytarib yuborishdi.

33. Trent Aleksander-Arnoldning jarima zarbasidan yo'llagan zarbasi birozgina noaniq ketdi.

31. Luis Dias barchadan o'zib ketib jarima maydonchasi tomon yurdi, uni esa raqib futbolchilari yiqitishdi. 

28. Gol hisobga olindi, o'yin qoidasi buzilmagan. 

28. Gol o'yindan tashqari holatdan urilgan bo'lishi mumkinligi VAR orqali ko'rib chiqilmoqda.  

Trent Aleksander-Arnold darvoza tomon to'pni yo'lladi, yuzaga kelgan palapartishlikdan Mane to'pni darvozaga to'g'rilab yubordi va gol urdi. 

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sadio Mane hisobni ochdi!

22. Konatening darvoza tomon erlatib bergan zarbasini Alisson qaytardi.

20. Sadio Manening chamasi 23 metrlardan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

14. Maykl Antonio to'pni o'ziga moslashtirib olib darvoza tomon kuchli zarba berdi, Alisson esa to'pni mushtlari bilan urib yubordi. 

10. Uchrashuvning 10 daqiqasi ortda qoldi. O'yinga qarab bilish mumkinmi, asosiy ustunlik mezbonlarda, mehmonlar esa qarshi hujum taktikasida o'ynamoqda.   

4. "Liverpul" dastlabki daqiqalardanoq ustunlikni o'z qo'liga oldi. Burchakdan uzatilgan to'pni van Deyk tovoni bilan darvozaga yo'naltirdi, ammo zarba noaniq ketdi. 

2. XAVFLI VAZIYAT! Salah darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketib zarba berdi, ammo Lukash Fabianskiy ajoyib seyv ko'rsatib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

1. O'yin boshlandi!

"Enfild" uzra muxlislar ijrosida You'll Never Walk Alone qo'shig'i yangramoqda. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика