So’nggi yangiliklar

23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:50"Палермо" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда!  7 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  4 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 21:37"Реал" собиқ футболчиси Эден Азар ПСЖга ўтиши мумкин эди  0 21:10Расман: Достон Турсунов Гонконг клубига ўтди  2 20:30"Ал Насср" Коман учун "Бавария"га 30 миллион евро таклиф қилишга тайёр  3 20:01Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Индонезиядаги халқаро ўртоқлик турнирида иштирок этиш учун Меданга йўл олди. Таркиб маълум  3 19:06"Пахтакор" клуби спорт директори "Бунёдкор" стадиони майсаси ҳақида нима дейди?  11 19:00"Пахтакор-79" хотирасига ўтказиладиган учрашувга Россия терма жамоасидан Тошкентга кимлар келади?  16 18:17Суперлига 17-тур рамзий терма жамоаси  2 17:32Суперлигада 17-турнинг энг яхшилари   1 16:49"Бунёдкор" ва "Шўртан" ўзаро дуранг қайд этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:24Эксперт фикри. Миодраг Радулович: "Нефтчи" - "Насаф" натижасини олдидан айтиб бўлмайдиган ўйин, бу тур жадвалда жиддий ўзгариш қилиши мумкин"  4

APL. "Liverpul" – "Tottenxem" o'yiniga bag'ishlangan prevyu Yangiliklar

APL. "Liverpul" – "Tottenxem" o'yiniga bag'ishlangan prevyu

Premer-liga 25-turi markaziy o'yiniga bag'ishlangan prevyuni o'qishingiz mumkin.

"Liverpul" – "Tottenxem"
11.02.2017, 22:30
"Enfild Roud"
Bosh hakam:
Entoni Teylor (Manchester)

Premer-liga 25-turining markaziy o'yinida "Liverpul" jamoasi "Tottenxem"ni qabul qiladi. "Qizillar" 2017 yilni juda yomon boshlashdi. Klopp shogirdlari oxirgi beshta turda g'alaba nimaligini bilishmadi. Ularda gohida asosiy tarkib o'yinchilari jarohat olishsa, gohida boshqa bir sabablarga ko'ra o'ynay olishmadi.

"SHporlar" esa oxirgi 11ta o'yindan to'qqiztasini o'z foydalariga hal qilishgan va ikki bor durang o'ynashgan. Pochettino shogirdlari hozir yaxshi formadalar.

"Liverpul" safida Lallana, Lovren va Klavanlar so'nggi mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishdi. Katta ehtimol bilan bugun ular maydonga tushishmaydi. Ayniqsa, markaziy himoyadagi muammolar Kloppga qiyinchilik tug'dirishi tayin. Markazda Matip bilan birga Leyvaning tushish ehtimoli yuqori. Oldinda Mane, Koutino, Firmino uchligi harakat qiladi.

Tarkibdagi yo'qotishlar borasida "shporlar" ham yaxshigina aziyat chekishgan. Asosiy himoyachilar Yan Vertongen va Denni Rouzlar jarohat tufayli o'yinni o'tkazib yuborishadi. Vertongenning jarohati 3ta markaziy himoyachi taktikasini 4-2-3-1 sxemasiga o'zgartirishga sabab bo'ladi. Bunda mrakazda Alderveyreld va Dayer o'ynasa, qanot himoyasida Uolker va Devis to'p tepadi.



Qiziq:

- Ayni paytda "Liverpul" APLda "Tottenxem"ga oxirgi 8ta o'yinda yutqazmagan (5 g'alaba, 3 durang);
- Ushbu qarama-qarshilikda Premer-ligada jami 9ta avtogol qayd etilgan. Bu chempionatda o'zaro o'yinlardagi eng ko'p avtogol urilgan juftlik;
- "Tottenxem" jamoasi "Enfild"ga uyushtirgan 24ta safaridan 15tasida engilgan va faqat ikki marta g'alaba qozongan (2 g'alaba, 7 durang, 15 mag'lubiyat).


Taxminiy tarkiblar:

"Liverpul":
Minole, Klayn, Matip, Leyva, Milner, Veynaldum, Xenderson, Jan, Mane, Koutino, Firmino.

"Tottenxem": Loris, Uoker, Dayer, Alderveyreld, Devis, Vanyama, Dembele, Son, Eriksen, Alli, Keyn.

O'ynamaydi: Ingz, Gruyich, Eydjariya - Lamela, Vertongen, Rouz, Tripper.
So'roq ostida: Lovren, Klavan, Lallana (hammasi "Liverpul").



Murabbiylar fikrlari:

Yurgen Klopp ("Liverpul"): "Albatta, 5:0 hisobidagi g'alabadan keyin o'yinni tahlil qilish oson va qiziq, lekin men "Xall Siti"dan uchralgan mag'lubiyat sababini topdim. Birinchi bo'limda biz juda yomon o'ynadik, aslida esa bunday qilmasligimiz kerak. Ortga qarashga vaqt yo'q, jamoa yangi bellashuvni o'tkazishi kerak, biz "Tottenxem"ga qarshi tayyor bo'lishimiz kerak".

Maurisio Pochettino ("Tottenxem"): "Liverpul" bilan o'yin huddi "Midlsbro" va boshqa klublarga qarshi uchrashuvlar kabi muhim. CHunki, har safar uch ochko uchun kurash olib boriladi. So'zsiz, bu hal qiluvchi o'yin bo'lmaydi, oldinda hali ancha tur bor. Agar g'alaba qozonsak, o'z joyimizni saqlab qolamiz va "CHelsi"ga bosim o'tkazishda davom etamiz. Maqsadimiz - etakchi bilan farqni qisqartirish".


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Tolibjon Qosimov

Eplmanager.com saytida bugun yangi sovrinli liga ishga tushdi. Jamoa tuzing va sovrinlarni yutib oling. Jamoa tuzishga o'tish

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика