So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  18 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  222 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

APL: CHempionlik poygasi: “CHelsi” Yangiliklar

APL: CHempionlik poygasi: “CHelsi”

Angliya Premer-ligasi finish chizig'iga yaqinlashib boryapti va chempionlik uchun kurash o'zining eng qizg'in pallasiga kirib ulgurgan.
Aynan mana shu vaziyatda jamoalar imkoniyatini alohida tahlil qilishni boshlagandik va kecha “Liverpul”ga to'xtalgandik. Bugun esa “CHelsi” haqida gaplashamiz.

"CHelsi" (34 o'yindan so'ng 75 ochko)




CHempionatdagi qolgan uchrashuvlari: “Sanderlend” (uyda), “Liverpul” (safarda), “Norvich” (uyda), “Kardiff” (safarada)

Mavsum avvalidanoq “aristokratlar” chempionlik uchun asosiy davogar hisoblanishgandi. CHempionat davomida bu favoritlik “Manchester Siti”ga o'tgandek ham bo'ldi. Biroq tajribali mutaxassislar baribir Mourino jamoasini g'oliblik uchun asosiy davogar hisoblashda davom etaverishdi.

 Masalan Alan SHirer va Alan Xansenlar aprelga qadar ham “CHelsi” chempion bo'lishini takidlashayotgandi. The Telegraph jurnalisti Genri Uinter nima uchun u va boshqalar London jamoasini sovrin uchun favorit deb hisoblashini birgina gap bilan tushuntirib berdi: “Ularda Mourino bor, u esa Premer-ligadagi eng kuchli mutaxassis”.



Umuman olganda hammasi Jozening rejasidagidek ketayotgandek edi. Biroq “Aston Villa” va “Kristal Pelas”ga qarshi ikkita safar o'yinidagi mag'lubiyatlar bu rejani izdan chiqishiga olib keldi. SHundan keyin ko'pchilik Mourino jamoasini shoxsupaga nomzodlar ro'yxatidan o'chirib tashlashga shoshildi. Biroq biroz muddat o'tib ularning raqobatchilari ham ochko yo'qotdi va hali hech narsa hal bo'lib ulgurmagani malum bo'ldi.

Endi “ko'klar” chempion bo'lishi uchun qolgan to'rtta o'yinda ham g'alaba qozonishi kifoya. O'z uyida bo'ladigan “Sanderlend” va “Norvich”ga qarshi o'yinlarda bu ish uddalanishi ko'p ham shubhalantirmaydi. Elitada jon saqlab qolishga urinayotgan “Kardiff”ga qarshi safardagi o'yin qiyinroq kechishi mumkin. Biroq Mourino chempionatda so'nggi pog'onalardan biridagi klub uni sovrindan ayirishiga yo'l qo'ymasa kerak.

SHubhasiz eng muhim “jang” - “Enfild”dagi to'qnashuv bo'ladi. Bu o'yinni hech ikkilanmay chempionat finali, deya atash mumkin. “Liverpul”dan farqli o'laroq “CHelsi”ni bu o'yinda faqat g'alaba qoniqtiradi. Londonliklar himoyasi chempionatdagi eng kuchlilaridan biri. Ammo raqib safida liganing eng kuchli hujumchilari to'p surishini unutmaslik lozim. Mourino shogirdlari qarshi hujumlar yordamida yuzaga keltiradigan vaziyatlaridan maksimal darajada foydalanishlari lozim bo'ladi.



“CHelsi” - to'g'ridan-to'g'ri chempionlik uchun raqiblar bilan o'zaro o'yinlarda mag'lubiyatga uchramagan top-guruhning yagona vakili. Biroq “Enfild”da ularni haqiqiy sinov kutib turibdi.

Bu o'yinning o'ylanganidan ham qiyinroq o'tishini uchrashuv CHempionlar Ligasida “Atletiko”ga qarshi ikki o'yin orasida bo'lib o'tishi ham taminlab beradi. Jozeda Evrokuboklarda ishtirok eta olmaydigan zahira ham mavjud. Ular Muhammad Saloh va Nemanya Matichlardan iborat.

Ammo, nima bo'lgan taqdirda ham “ko'k”larga bu o'yinda omadning kulib boqishi ham juda muhim. Mavsum davomida aynan omad ulardan bir necha bora yuz o'girib ulgurdi. SHunday bo'lsa-da “CHelsi” ko'pchilik analitiklar taxminini oqlab, chempion bo'lib ketsa, bu ko'p ham kutilmagan holat bo'lmaydi.

Abror Qodirov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика