So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  11 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  23 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

APL. "Chelsi" va "Vest Xem" futbolchilar o'rtasidagi ommaviy mushtlashuv sabab yirik miqdorda jarimaga tortildi Yangiliklar

APL. "Chelsi" va "Vest Xem" futbolchilar o'rtasidagi ommaviy mushtlashuv sabab yirik miqdorda jarimaga tortildi

Teglar :  CHelsiVest Xem
Angliya futbol associaciyasi (FA) APL doirasidagi "Chelsi" va "Vest Xem" o'rtasidagi keskin o'yinda (3:2) yuz bergan ommaviy tartibsizlik uchun har ikki klubni jazoladi.

Janjal qanday boshlandi?

Uchrashuvning 96-daqiqasida Adama Traore va Mark Kukurelya o'rtasidagi ziddiyatdan so'ng bir guruh futbolchilar ishtirokida mushtlashuv boshlanib ketdi. Vaziyatlarning birida Jan-Kler Todibo ikki qo'li bilan Joao Pedroning bo'ynidan bo'g'ib oldi.

O'yinning bosh hakami Entoni Teylor dastlab Traore va Pedroga sariq kartochka ko'rsatdi. Shundan so'ng u VAR hakamlarining maslahati bilan vaziyatni monitorda ko'rib chiqdi va Todiboni maydondan chetlatdi (qizil kartochka).

FA qarori va jarima miqdori:

Associaciyaning bayonotida shunday deyiladi:

"Mustaqil tartib-intizom komissiyasi 2026 yil 31 yanvar kuni Premer-liga doirasidagi o'yindagi ommaviy tartibsizlik uchun "Chelsi" va "Vest Xem Yunayted" klublarini jarimaga tortdi.

"Chelsi" o'z futbolchilarining taxminan 95-daqiqada nomaqbul va ig'vogarlik harakatlarini qilmasligini taminlay olmagani tan olindi. "Vest Xem Yunayted" ham shu vaqt ichida o'z o'yinchilarining nomaqbul, ig'vogarlik yoki tajovuzkor xatti-harakatlarining oldini olmagan.

Keyinchalik har ikki klub o'zlariga qo'yilgan ayblovlarni tan oldi. Tinglavdan so'ng komissiya "Chelsi"ga 325 000 va "Vest Xem"ga 300 000 funt sterling miqdorida jarima soldi".

APL rahbariyati maydondagi bunday tajovuzkor xatti-harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lishda davom etmoqda.

Reyting: -1   

Fikrlar

   
25 fev 18:32:42
Aziz.
Xammasini Traore boshlagan shekil ne Chelsiga kop jarima
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика