So’nggi yangiliklar

13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  2 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  3 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  47 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  6 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  4 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  8 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор ярим финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  10 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  13 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  17 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0

APL. "Tottenxem" so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "CHelsi" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

APL. "Tottenxem" so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "CHelsi" bilan durang o'ynadi

Angliya chempionati 2-turidan o'rin olgan "CHelsi" – "Tottenxem" uchrashuvi yakunlandi.

APL. "CHelsi" – "Tottenxem" 2:2

Gollar: Kalidu Kulibali (Mark Kukurelya) 20', Per-Emil Xeyberg (Ben Devis) 68', Ris Djeyms (Raxim Sterling) 77', Xarri Keyn (Ivan Perishich) 90+6'

"CHelsi": 16. Eduar Mendi, 24. Ris Djeyms, 6. Tiago Silva, 26. Kalidu Kulibali, 12. Ruben Loftus-CHik, 32. Mark Kukurelya, 7. N'Golo Kante (23. Konor Gallaxer 85'), 5. Jorjino (28. Sesar Aspilikueta 73'), 19. Meyson Maunt, 29. Kay Xaverc (18. Armando Broya 90'), 17. Raxim Sterling (10. Kristian Pulishich 85'). 

Zaxira: 1. Kepa Arrisabalaga, 14. Trevo SHaloba, 21. Ben CHiluell, 22. Xakim Ziesh, 20. Kallum Xadson-Odoi.

"Tottenxem": 1. Ugo Loris, 17. Kristian Romero, 15. Erik Dayer, 33. Ben Devis, 12. Emerson Aparesido (27. Lukas Moura 82'), 19. Rayan Secsenon (9. Risharlison 57'), 30. Rodrigo Bentankur (38. Iv Bissuma 79'), 5. Per-Emil Xeyberg, 21. Deyan Kulusevski, 7. Son Xyon Min (14. Ivan Perishich 79'), 10. Xarri Keyn.

Zaxira: 20. Freyzer Forster, 2. Mett Doerti, 6. Davinson Sanches, 25. Djafet Tanganga, 11. Brian Xil.

Ogohlantirishlar: Ris Djeyms 41', Antonio Konte 70', Tomas Tuxel 72', Kay Xaverc 86'

Chelsea

Kalidou Koulibaly - 19', Reece James - 77'

Premier League . 2-tur

14/08/2022, 21:30

2
:
2
Tugadi

Tottenham Hotspur

Pierre-Emile Hoejbjerg - 68', Harry Kane - 90'

Stadion: Stamford Bridge, 39946 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
19'  Kalidou Koulibaly
19'  Marc Cucurella
41'  Reece James
62'  Edouard Mendy
70'  Thomas Tuchel
73'  Jorginho (Cesar Azpilicueta)
77'  Reece James
77'  Raheem Sterling
84'  Raheem Sterling (Christian Pulisic)
85'  N'Golo Kante (Conor Gallagher)
86'  Kai Havertz
90'  Kai Havertz (Armando Broja)
90'  Thomas Tuchel
57'  Ryan Sessegnon (Richarlison)
68'  Pierre-Emile Hoejbjerg
68'  Ben Davies
79'  Heung-Min Son (Ivan Perisic)
79'  Rodrigo Bentancur (Yves Bissouma)
82'  Emerson Royal (Lucas Moura)
90'  Harry Kane
90'  Ivan Perisic


90+8. O'YIN YAKUNLANDI!

90+7. Antonio Konte hamda Tomas Tuxelga qizil kartochka ko'rsatildi.

Burchakdan uzatib berilgan to'pga Xarri Keyn boshi bilan zarba berib, gol urdi va hisobni 2:2 ko'rinishiga keltirdi!

90+6. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Tottenxem" hisobni tenglashtirdi!

90+4. Burchakdan uzatilgan to'pga Dayer bosh bilan zarba berdi, to'p himoyachilariga va to'singa tegib maydonni tark etdi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

85. Maunt qulay nuqtadan darvozaga zarba berdi, to'p biroz noaniq ketdi.

82. "Tottenxem" safida uch daqiqa ichida uchta o'zgarish amalga oshirildi.

Kante to'pni Sterlingga uzatdi, Raxim jarima maydonchasiga kirib borib Jeysmga, Ris esa darvoza tomon zarba berib, gol urdi!

77. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "CHelsi" gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi!

75. XAVFLI VAZIYAT! Ris Djeyms o'ng qanotdan oldinga o'tib to'pni jarima maydonchasi tomon uzatdi, Xaverc esa juda qulay vaziyatni golga aylantira olmadi. 

73. O'yin davom etadi, hisob - 1:1.

72. Har ikki jamoaning bosh murabbiylariga sariq kartochka ko'rsatildi.

Rodrigo Bentankur gol bo'lish vaziyatidan avvalroq Xavercga nisbatan fol ishlatgan bo'lib chiqishi mumkin. 

69. Gol bo'lgan holat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda.

Per-Emil Xeybergning darvoza tomon erlatib bergan to'pi golga aylandi!

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Tottenxem" hisobni tenglashtirdi!

61. Loftus CHik oldinga o'tib darvozaga zarba berdi, himoyachilar qaytardi, to'p bilan jarima maydonchasi tomon kirib borib Sterlingga uzatdi, Raximning zarbasi esa noaniq ketdi.

60. Statistika: to'p nazorati bo'yicha - 70% : 30%.

49. Ris Djeymsning darvoza tomon bergan zarbasini raqib himoyachilari qaytarib yubordi.

48. "Tottexem" bo'limni anchagina faollik bilan boshladi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

40. "CHelsi" o'yinda anchagina faol. Jamoa bir necha bor oldinga o'tib, hisobni ikkitaga oshirishga intilishmoqda.

27. Yana bir burchak zarbasi "CHelsi" ijrosida. Jarima maydonchasi tomon uzatib berilgan to'pga Kulibali zarba berdi, ammo to'p biroz noaniq ketdi.

22. XAVFLI VAZIYAT! Secsenon darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, Mendi esa to'pni qaytarib yubordi. 

Burchakdan uzatib berilgan to'pga Kalidu Kulibali kuchli zarba berib darvozaga yo'lladi va gol urdi!

20. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "CHelsi" hisobni ochdi!

19. XAVFLI VAZIYAT! Sterling jarima maydonchasi ichida o'ziga uzatilgan to'pni orqaga - Xavercga uzatdi. Kay darvoza tomon zarba berdi, ammo biroz noaniq ketdi.

18. Kulibalining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi birozgina noaniq ketdi.

16. Kantening uzoq masofadan darvoza tomon yo'llagan zarbasini "Tottenxem" himoyachilari qaytarib yubordi.

8. Oldinga o'tish navbati endi "CHelsi"da. Kantening o'ng qanotdan uzatgan to'piga mezbonlardan hech kim etib kelmadi.

4. "Tottenxem" ancha faol. Sonning darvoza tomon yo'llagan zarbasini Tiago Silva qaytarib yubordi. 

3. Uchrashuvning dastlabki daqiqalari ancha faollik bilan boshlandi. Har ikki jamoa vakillari ham oldinga o'tishga intilishmoqda.

1. O'yin boshlandi!

Mazkur bahsni jonli efirda tomosha qilish uchun LINK

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика