So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  3 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  1 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  9 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

APL: 33-tur prevyusi Yangiliklar

APL: 33-tur prevyusi

“Gudison Park” Angliya Premer-Ligasi navbatdagi turining markaziy bahsida “Arsenal”ni qabul qilishi – ushbu turning eng asosiy voqeligidir. Biroq APL 33-turi faqat mana shu o'yin bilangina yodda qoladi deb o'ylayotgan bo'lsangiz, qattiq yanglishayotganingizni malum qilishga shoshilamiz.
Silva – Lallana to'qnashauvi

David Silva hamda Adam Lallana qarama-qarshiligi “Etihad”dagi o'yin taqdirini butkul hal qilmasa-da, uning natijasiga katta tasir o'tkazishi tayin. “Siti”ning ispaniyalik “sehrgar”i so'nggi vaqtlarda hayratlanarli darajada ajoyib o'yinlar namoshiy etib kelyapti va ayni damda mavsumdagi o'zining eng yuqori sport formasida.

Lallana ham undan qolishmayapti. “Sautgepmton” tarkibida gollar ham uryapti, golli uzatmalar bilan jamoadoshlarini taminlashda ham eng faol. Silva fonida Adam qanday o'yin namoyish qilishini kuzatish esa ikki barobar qiziqarli bo'ladi. Ayniqsa jahon chempionatiga ko'p ham qolmagan bir pallada.



 “CHelsi” muxlislar oldida o'zini oqlab olarmikan?


Jon Terri to'p bilan muomala qilishda qo'pol xatoga yo'l qo'yish uchun, Petr CHex esa yaqin burchakdan bunday gollar o'tkazib yuborish uchun juda noto'g'ri vaqt tanlashdi va buning natijasida “CHelsi” ketma-ket ikki o'yinda mag'lub bo'ldi. Bunaqasi Mourino jamoasida kamdan-kam yuz beradi.

“Ko'k”lar barcha frontlarda kurashga zo'r bergan. Biroq xato qilishi eng kutilmagan futbolchilar, jamoaning eng barqaror azolari muhim pallada pand berib qo'moqda.  “Stouk”ga qarshi o'yin – hech bo'lmasa Premer-ligadagi holatni yaxshilab olish uchun juda yaxshi imkoniyat. Ammo buning uchun londonliklar yaxshigina ter to'kishiga to'g'ri keladi. Ahir raqib so'nggi 5 o'yinning 4tasida g'alaba qozongan va umuman hozir juda yaxshi jismoniy holatda.



 “Apton Park”da qanday o'yin ko'ramiz?

Premer-ligada eng tomoshabob, eng jozibali va shiddatli o'yin namoyish etayotgan jamoa, hatto o'z muxlislari tomonidan ham zerikarli o'yini tufayli xushtakbozlikka uchrayotgan klub mehmoni bo'ladi. APL murabbiylari orasidan  eng yaxshi taktiklardan biri, degan nomga sazovor bo'lgan murabbiy, “taktika” so'zini ko'p ham ishlatavermaydigan, ko'p ham xushlayvermaydigan murabbiyga qarshilik qiladi.

SHu jihatlarni hisobga olganda, “Liverpul” qiyinchiliksiz “Vest Xem”ni engishi kerakdek.a Brenden Rojers esa ingliz matbuoti tomonidan navbatadgi olqishlar va maqtovlarni qabul qilib olishi lozimdek... Biroq bunga Sem Ellardays va uning “Vest Xem”i nima derkan? Qarshi emasmikan?  

“Gudison”da CHempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun bahs

Mavsum avvalidayoq Roberto Martines “Everton”ni CHempionlar Ligasiga olib chiqishga vada bergandi. Bu murabbiy esa gapni shunchaki gapirib qo'yaveradigan mahmadonalardan emas va u buni isbotlab kelyapti.

“Everton” qatorasiga besh o'yinda g'alaba qozonib, ajoyib seriyani davom ettirib kelmoqda. Ushbu tur doirasidagi “Arsenal”ga qarshi o'yin oldidan raqibni havotirga solib qo'ya oladigan holatda. Martines chempionat yakunini juda yuqori ruxda o'tkazishni yoqtirishini hisobga olib (“Uingan”ni qanday qilib elitada olib qolganini eslang), “kanonirlar” bu o'yinda g'alaba qozonish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishi kerak bo'ladi.

Aks holda 4-o'rin masalasi qiyin bo'lib qoladi. “Arsenal” uchun yoqimli xabar ham yo'q emas. Mersisaydga yo'l olish oldidan Aaron Remsi safga qaytdi. Tur markaziy o'yinini kutamiz va kuzatamiz. O'tkazib yuborish maslahat berilmaydi.



Zamonaviy futbolda murabbiy omili

“Kardiff”- “Kristall Pelas” uchrashuvi - bosh murabbiy tanlashning qay darajada muhim ekanini yana bir bor ko'rsatib beradi. Ole Gunnar-Sulsherni taklif qilgan uelsliklar tobora ushbu qaroridan afsuslanib bormoqda va tur sayin CHempionshipga yaqinlashyapti. Toni Pyulisning “burgutlar”i esa sal qolsa parvoz qilib ketgudeklar.

Barqaror ravishda ochkolar to'playapti, bazan etakchi jamoalarni ham hafa qilib turibdi (“CHelsi”ga qarshi o'yinni eslash kifoya). Agar bu turda ham “Pelas” g'alaba qozonsa, Premer-ligada qolish maslasini deyarli hal qilib qo'yadi. “Kardiff” xo'jayini Vinsaen Tan esa futbol klubini boshqarish, bu qimorxonalarga egalik qilish emasligini tushunib etsa yaxshi bo'larmidi...? 
 
“Sanderlend” dam oladigan ahvolda emas

Bosh murabbiy Gus Poyet “Sandelend”ning Premer-ligada jon saqlab qolish vazifasini uddalashga shu qadar kirib ketganki, hatto dam olishdan ham vos kechib yuborgan. “Men unga biroz ko'nglini yozishi va chalg'ib, dam olishi uchun birga golf o'ynashni taklif qildim, biroq u futbolchilar va murabbiylar bir xilda ishlashi lozimligini aytib, taklifni rad etdi”, deydi urugvaylik murabbiyning yordamchisi CHarli Otvey.

Haqiqatdan ham “mushuklar” dam oladigan ahvolda emas. Qolgan o'yinlari taqvimiga qarab, Poyetning o'zi ham qo'rqib ketayotgan bo'lsa ajab emas. “Uayt Xart Leyn”dagi zyindan keyin xursandchilik uchun sabablar yana bittaga kamayishi ham mumkin. SHuning uchun “ qora mushuklar” londonliklar yo'lini kesib o'tishga shay bo'lib turishibdi.

33-tur o'yinlari

5 aprel, shanba
16:45    Manchester Siti – Sautgempton
19:00    Aston Villa – Fulxem
19:00    Kardiff Siti – Kristal Pelas
19:00    Xall Siti – Suonsi Siti
19:00    Nyukasl Yunayted – Manchester Yunayted
19:00    Norvich Siti – Vest Bromvich Albion
21:30    CHelsi – Stok Siti

6 aprel, yakshanba
17:30    Everton – Arsenal
20:00    Vest Xem Yunayted – Liverpul

7 aprel, dushanba
23:55    Tottenxem Xotspur – Sanderlend


Ushbu tur oldidan turnir jadvalidagi holat


# Jamoa O'yin G'alaba Durang Mag'lubiyat T-N Ochko
1 Liverpul 32 22 5 5 88-39 71
2 CHelsi 32 21 6 5 62-24 69
3 Manchester Siti 30 21 4 5 80-28 67
4 Arsenal 32 19 7 6 56-37 64
5 Everton 31 17 9 5 49-31 60
6 Tottenhem 32 17 5 10 40-44 56
7 Man. Yunayted 32 16 6 10 52-38 54
8 Sautgempton 32 13 9 10 49-40 48
9 Nyukasl 32 14 4 14 38-47 46
10 Vest Xem 32 10 7 15 36-42 37
11 Stok Siti 31 9 10 12 33-44 37
12 Aston Villa 30 9 7 14 33-42 34
13 Suonsi Siti 32 8 9 15 45-48 33
14 Xall Siti 32 9 6 17 33-40 33
15 Norvich Siti 32 8 8 16 26-51 32
16 Kristal Pelas 31 9 4 18 20-39 31
17 Vest Bromvich 31 5 14 12 36-48 29
18 Kardiff siti 32 6 8 18 29-61 26
19 Sanderlend 30 6 7 17 28-48 25
20 Fulhem 32 7 3 22 31-73 24
Abror QODIROV tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика