So’nggi yangiliklar

11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  2 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  0 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  1 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  9 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  13 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  39 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0

APL. 2009-10 yilgi mavsumni birgalikda eslaymiz (1-son) Yangiliklar

APL. 2009-10 yilgi mavsumni birgalikda eslaymiz (1-son)

Saytimizning barcha o'quvchilari katta futbol to'qnashuvlarini sog'inib qolgan bir paytda tarixga yuzlanishga qaror qildik.

Dastlab, Angliya primer-ligasining 18-mavsumi, musobaqaning ichida va atrofida ro'y bergan muhim voqeliklarni birgalikda xotirlaymiz.

APL-2009/10.

Odatga ko'ra, 20 jamoa ishtirok etgan musobaqa 2009 yilning 15 avgustidan 2010 yilning 9 mayiga qadar davom etgan.

Eng ko'p vakil London shahriga tegishli edi. Poytaxtning bir yo'la 5 klubi (“CHelsi”, “Arsenal”, “Tottenxem”, “Fulxem”, “Vest Xem Yunayted”) chempionatda qatnashgan bo'lsa, Birmingem (“Aston Villa” va “Birmingem Siti”), Manchester (“Yunayted”, “Siti”), Mersisayd (“Liverpul”, “Everton”) sharafini ikkitadan jamoa himoya qilgan.

Oldingi mavsum yakuniga ko'ra, “Nyukasl YU.”, “Midlsbro”, “Vest Bromvich Albion” jamoalari chempionshipga ravona bo'lgan. Quyi diviziondan esa “Vulverxempton”, “Birmingem Siti” va “Byornli” ko'tarilgan edi.

O'sha musobaqada ishtirok etgan jamoalardan 9tasi (“Birmingem Siti”, “Blebern Rovers”, “Bolton Uondoderers”,  “Portsmut”, “Sanderlend”, “Stok Siti”, “Uigan Atletik”, “Fulxem” va “Xall Siti”) bugungi kunda pastki divizionlar vakili hisoblanadi.

CHempionatning sig'imi jihatdan eng katta stadionlari:

  1. “Old Trafford” (MYU) – 76 212;
  2. “Emireyts” (Arsenal) – 60 355;
  3. “Stedium of Layt” (Sanderlend) – 49 000;
  4. “Etixad Stedium” (ManSiti) – 47 726;
  5. “Enfild” (45 362) – 45 362.

Musobaqada ishtirok etgan jamoalardan “Portsmut” klubining o'yingohi – “Fratton Park” (20 688) eng kamsig'im stadion bo'lgan.

380 o'yinda 1053ta gol urilgan. Bu har o'yinga 2,77tadan to'g'ri keladi. Solishtirish uchun, APLning o'tgan (18/19) mavsumida muxlislar jami 1036 golga guvoh bo'lishdi.

Tomoshabinlarning umumiy tashrifi – 12 977 252, bu o'rtacha hisobda har o'yinga 34 151 tomoshabin tashrif buyurganini bildiradi (o'tgan mavsum – 14 135 870).

Endi esa navbati bilan chempionatning eng muhim to'qnashuvlariga diqqat qaratamiz. Dastlab, musobaqaning ochilish o'yini haqida...

Mavsumning birinchi o'yini Londonda o'tkazildi. Arxivlarni kuzata turib guvoh bo'ldimki, mazkur bahs atrofidagi asosiy xabarlarning mazmuni quyidagicha edi:

  *Madridning “Real” klubi hujumchisi Alvaro Negredo zudlik bilan “Xall Siti” safiga o'tishi mumkin.

  *“CHelsi” iqtidorli serbiyalik futbolchi (Nemanya Matich)ga qiziqib qoldi.

  *SHevchenkoning “CHelsi”dagi o'rnini Jampaolo Paccini egallashi kutilmoqda.

Bevosita o'yinga keladigan bo'lsak, Karlo Anchelotti boshchiligidagi “aristokratlar” Dide Drogbaning dubli evaziga 3 ochkolik bo'lishgandi.   

"CHelsi" – "Xall Siti" – 2:1

Stadion: Stemford Bridj, 41 597 tomoshabin.

Bosh hakam: Alan Uayli.

Gollar: Drogba – 37, Drogba – 90, Xant – 28.

"CHelsi": P.CHex, Bosingva, Terri, Karvalyu, E. Koul, Obi Mikel (Ballak, 46), Maluda (Deku, 69), Essen, Lempard, Drogba, Anelka (Kalu, 79).

"Xall Siti": Mayxill, Muyokolo, Gardner, Terner, Douson, Dj.Boateng, Marni (Barmbi, 44), Olofindjana, Xant (Gilas, 69), Mendi (Djovanni, 78), Folan.

Ogohlantirishlar: Mendi - 4, Barmbi - 69, Drogba - 90.

Kelgusi maqolalarda musobaqaning ushbu mavsumida o'tkazilgan markaziy uchrashuvlar tahlilini niyat qildik. Marhamat, shu haqida fikr va mulohazalaringiz bo'lsa, yozib qoldiring.

Faxriddin Ro'ziev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика