So’nggi yangiliklar

08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  0 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  0 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  5 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  39 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  5 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15

Anzur Ismoilov: “O'yinga tayyogarlik yaxshi ketyapti” Yangiliklar

Anzur Ismoilov: “O'yinga tayyogarlik yaxshi ketyapti”

Yangi Zelandiya bilan o'rtoqlik o'yiniga ham bir kun qoldi.
Ertaga milliy terma jamoamiz o'z tarixida ilk bor Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushadi. Albatta, uchrashuvga bo'lgan qiziqish katta, chunki Yangi Zelandiya har holda kuchli jamoa hisoblanadi. Kecha bo'lib o'tgan mashg'ulotdan so'ng terma jamoamiz himoyachisi Anzur Ismoilovdan intervyu oldik.

-   Anzur, o'yinga tayyorgarlik haqida nima deya olasiz?
-   Yangi Zelandiya bilan kechadigan bahsga tayyorgarlik yaxshi ketyapti. Hammaning kayfiyati zo'r. Barchamiz mashg'ulotlarda astoydil ishlayapmiz.

-   Tarkibda siz yaqindan tanimaydigan o'yinchilar ko'pmi?
-   Jamoamizga ko'p yosh futbolchilar qo'shilgan. O'zbekiston chempionatida to'p tepmayotganim uchun to'g'risi bazi futbolchilarni tanimadim.
 
-   Yangi Zelandiya termasi haqida tasavvurga egamisiz?
-   Hozircha ularning o'yinini ko'rganimiz yo'q. Lekin bilishimcha, Yangi Zelandiya ham Avstraliyaga o'xshab o'ynaydi. Ular etiborni ko'proq jismoniy kurashlarga va “ikkinchi qavat”ga qaratsa kerak.
 
-   Siz uchun bu oddiy o'rtoqlik bahsi hisoblanadimi?
-   O'yin o'rtoqlik maqomiga ega bo'lgani bilan baribir yutishga harakat qilamiz. CHunki muxlislarimiz g'alabalarni sog'inib qolishgan.

-   Xitoy chempionatida qanday yangiliklar bor?
-   CHempionat o'sha-o'sha. Hammayasi yaxshi davom etyapti. Klubimiz ichki chempionatda o'zini unchalik ham yaxshi ko'rsata olmayapti. Legionerlarimizdan uch nafari jarohat olib maydonga tusha olishmayapti. SHu bois o'zim o'ynab turibman.

-   Sizningcha, Artyom Filiposyan nima uchun Xitoydan barvaqt qaytib keldi?
-   Eshitishimcha, ularda kim maydonga tushishini jamoa sardori hal qilar ekan. Filiposyan saviyasi bo'yicha Xitoyda bemalol o'ynab ketishi mumkin edi, lekin klubida nimadir yuz bergan ko'rinadi.

-   Bizdan Xitoyga ketuvchilar soni juda kamayib ketdi. Ularda chempionat kuchayganmi?
-   CHempionat saviyasi ortib boryapti deya olaman. O'tgan yil o'zbeklar to'rt kishi edik, hozir bir o'zim qoldim. Endilikda xitoyliklar ko'proq koreys futbolchilariga etibor qaratishyapti.  

X.Xoliqov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика