So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Anxel Lopes: "O'zbekiston futbolidan ijobiy manoda hayratdaman" Yangiliklar

Anxel Lopes: "O'zbekiston futbolidan ijobiy manoda hayratdaman"

O'zbekiston kubogi 2-turi doirasidagi "Bunyodkor" – "Surxon" (0:0) o'yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida 

- Yigitlarimiz bilan faxrlanaman. Biz chiroyli va sifatli o'yin namoyish qildik. Biz maydonda ustunlik paytlar ham bo'ldi. Maydonda borimizni berdik. "Bunyodkor" Superligada kam ochko to'plamagan, munosib raqib. 

- Jamoa bugun himoyada yaxshi o'ynadi, biroq hujumda oqsash kuzatilmoqda...

- Hujumchilarimiz yaxshi harakat qilishdi. Bizda yaxshi saviyadagi hujumchilar mavjud. To'g'ri, ularda hammasi ham o'xshamadi, biroq faol harakatlanishdi. Biz "Bunyodkor"ni o'rganib chiqqandik, ular "Metallurg"ga 4 ta gol urishdi, bu bejiz emas. Biz jamoaviy o'yin ko'rsatamiz. 

- "Surxon" bosh murabbiyi sifatida 6 ta rasmiy o'yin o'tkazdingiz. Mana shu muddat ichida o'zbek futboli haqidagi tasavvurlaringiz qanchalik o'zgardi?

- To'g'risi, ijobiy manoda hayratdaman. CHunki bu erda futbol yuqori saviyada – tashkilotchilik, jamoalar va hokazo. Biz ko'p mehnat qilayotganimizga qaramay, hamma o'yinda ham gol ura olmadik. "Navbahor", "Bunyodkor" klublari o'yinlarini ko'rishga ulgurdim. Aytishim mumkinki, Superliga Osiyoning etakchi chempionatlaridan biri ekan.  Bu erda kop vaqt ishlashni va "Surxon"ga foyda keltirishni xohlagan bo'lardim. 

- Raqib jamoa safida eng faol o'ynagan futbolchi sifatida Sarvar Karimovni ko'rsata olasizmi?

- "Bunyodkor" o'z uslubiga ega kuchli jamoa. Men Davronjon Ergashev va Dilshod Jo'raevni ajratib ko'rsatgan bo'lardim. Ular tajovuzkor harakat qilishadi hamda maydonda ko'p mehnat qilishadi. O'yindan oldin yigitlarga ularni etirof etgandim va jiddiy hozirlik ko'rgandik.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика