So’nggi yangiliklar

21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  4 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  4 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  3 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  13 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  3 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  4 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  17 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  7 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  7 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2

Anxel Lopes: "G'alaba uchun borimizni berdik" Yangiliklar

Anxel Lopes: "G'alaba uchun borimizni berdik"

Superliga 3-turidan o'rin olgan "Metallurg" – "Surxon" (0:0) bahsidan keyin mehmonlar ustozi Anxel Lopes fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- O'ylaymanki, har ikki taymda g'alaba uchun borimizni berdik. Gol urishga harakat qildik. Juda ko'p burchak to'plari, juda ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo bundan foydalana olmadik. 

- Jamoada ikki darvozaboni (SHohruh Eshbo'taev, Xaver Ximenes – tahr.)ni navbati bilan almashtirib tushirishingiz nima bilan bog'liq? 

-  Biz hozirda ikki kuchli darvozabonga egamiz. Ular o'zaro jiddiy raqobat hosil qilishmoqda. SHohruhning mashg'ulotlardagi faolligini inobatga olib, uni maydonga tushirishga qaror qildim. Ikki kuchli darvozabonga ega ekanligimizdan xursandmiz.

- Noqulay ob-havo (kuchli shamol - tahr.) va maydonning holati o'yinga tasir ko'rsatdi deb o'ylaysizmi?

- Toshkentda deyarli har kuni yomg'ir yog'moqda. Ha, bunday ob-havoda mashg'ulot va o'yin o'tkazish mushkul.

- Ispaniyalik hamkasbingiz, "Metallurg" ustozi Luisma Ernandesdan qanday ishlanmalarni kutgandingiz?

- Biz "Metallurg"ga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik olib bordik. Ular "Nasaf"ga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Faollikni umuman susaytirmaslikka urindik. Biz oldingi o'yinlarimizda ham yaxshi o'yin ko'rsatgandik, ammo g'alaba qozona olmagandik. 

- Bugun qo'lga kiritilgan 1 ochkodan qoniqish hosil qilmadingizmi?

- 100% bo'lmasa-da, bahsdan qoniqish hosil qildim. Juda ko'p vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Kezadada jarima zarbalari, burchak to'plari yuzaga keldi. Afsuski, birortasini golga aylantira olmadik.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика