Anxel Di Mariya: "Qishda "Yuve"dan ketmayman. Men buyuk klub tarkibida o'ynayotganimdan baxtliman"
		
		27 okt 2022 23:22
        Yangiliklar	
	
				
				Anxel Di Mariya: "Qishda "Yuve"dan ketmayman. Men buyuk klub tarkibida o'ynayotganimdan baxtliman"
Futbolchi klubni tark etishi borasidagi gap-so'zlarga javob qaytardi.
			"Yuventus" klubi futbolchisi Anxel Di Mariya yaqindagina Argentinaga qaytish haqida gapirgandi. Futbolchi ushbu intervyusidan keyin paydo bo'lgan savollarga javob qaytardi.
"Men yolg'on xabarlar ko'rganimda ularga javob qaytarishga o'rganmaganman. Ammo bu safar gapiraman. Argentinaga qaytish haqidagi gaplarim yaqindagina tarqaldi. Biroq, men buni 2007 yildan beri aytib kelaman. Bu men yanvarda "Rosario Sentral"ga qaytaman degani emas.
Iltimos, xabarlarni to'qib chiqarishni bas qiling. Men buyuk klub tarkibida o'ynayotganimdan baxtliman. Qaytishim bilan jamoamga borimni beraman", -deydi Anxel Di Mariya.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar