So’nggi yangiliklar

22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  0 21:59Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф": Бензема ва Канте асосий таркибда!  4 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  3 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5

Anvarjon G'ofurov: "Neftchi"dan sobiq bosh murabbiy tufayli ketgandim" Yangiliklar

Anvarjon G'ofurov: "Neftchi"dan sobiq bosh murabbiy tufayli ketgandim"

Xabaringiz bor, Anvarjon G'ofurov Farg'onaning "Neftchi" klubiga qaytdi.

SHu bois "Neftchi" klubi matbuot xizmati futbolchi bilan suhbatlashdi.

- Anvarjon avvalambor “Neftchi” safiga qaytganingiz bilan tabriklayman. Klubga qaytishingizga nima turtki berdi?
- Assalomu alaykum! Jonajon jamoamga qaytganimdan juda ham xursandman, kelishim boisi klubga bo'lgan mehrim va jamoamiz bilan yangi mavsumda medallar uchun kurashish deb hisoblayman. Bundan tashqari jamoamiz safida tajribali futbolchilar yig'ilgan.

- O'tgan mavsum "Neftchi"ni birinchi davra tugagach tark etgansiz, bunga sabab nima bo'lgan edi?
- Yaxshi savol berdingiz, o'tgan mavsumda aslida “Neftchi”ni tark etish niyatim yo'q edi, bu borada o'zimga ham muxlislar ko'p savol berishgan. To'g'risini aytaman ketishimga sabab o'sha paytdagi murabbiy bilan oramizda ozgina kelishmovchilik bo'lgan edi va jamoani tark etishimga to'g'ri kelgan.

- “Neftchi” safida o'ynamagan bo'lsangiz ham baribir jamoamizga befarq emassiz, o'tgan mavsum davralar oralig'idagi murabbiylar o'zgarishi jamoaga qanday tasir qildi deb o'ylaysiz?
- Murabbiylar shtabi o'zgarishi bilan “Neftchi”da ijobiy o'zgarishlarni hamma ko'rdi, Vitaliy Grigorevich Evropa futboli taktikalarini qo'laydigan mutaxassis xisoblanadi, uning jamoaga kelishi o'z samarasini berdi va klub Superligada qoldi. Umuman olganda bosh murabbiy taktikalari mening o'yin amaliyotimga mos keladi, xudo xohlasa yangi mavsumda medallar uchun kurashamiz.

- Yangi mavsumga muxlislar uchun tilaklaringiz?
- Muxlislarimizga yangi mavsumda “Istiqlol” stadionga kelib qo'llab-quvvatlab turishsa, biz jonimizni berib maydonda ular uchun o'ynab, mavsum yakunida ularni medallar bilan xushnud etishga harakat qilamiz. Kirib kelayotgan yangi yilda barchaga sog'lik salomatlik oilaviy baxt, omad tilab qolaman!


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика