So’nggi yangiliklar

19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" (матнли трансляция)  8 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  4 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0 13:59Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари туфайли Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда  3

Anvar Soliev: “Omadimiz chopmadi deyish bilan ish bitmaydi” Yangiliklar

Anvar Soliev: “Omadimiz chopmadi deyish bilan ish bitmaydi”

“Navbahor” va “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach “Navbahor” klubi sport direktori Anvar Soliev o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi:

- O'yin haqida nima deyish mumkin? Jamoamiz oltita o'yindan iborat g'alabasiz seriyasiga barham berdi. Garchi bugungi uchrashuvda g'alabani qo'lga kiritgan bo'lsakda, natija bizni qoniqtirmadi. Yutuqsiz seriyani barham berganimiz xursand qilgan bo'lsada, muxlislarimiz qarshisida kerakli hisobni qayd etib keyingi bosqichga chiqish vazifasini uddalay olmadik. Buning uchun muxlislarimizdan uzr so'raymiz. Xato va kamchiliklardan tegishli xulosa chiqargan holda birinchi davraning qolgan uchta uchrashuviga munosib tarzda tayyorgarlik ko'rib, ijobiy natijalarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz. O'rtada yuzaga keladigan kichik tanaffusda o'yinlarimizni tahlil qilib, birinchi davrani munosib tarzda yakunlash borasida bosh qotiramiz.

- Jamoani keyingi bosqichga chiqishi uchun nima etishmadi deb o'ylaysiz?
- Jamoamizni keyingi bosqichga chiqishiga gol etishmadi. Omadimiz chopmadi deyish bilan ish bitmaydi. Futbolchilarimizda gol urish uchun bir qator imkoniyatlar bo'lsada, bulardan foydalana olmadik. Azam Aliev, Oybek Qilichev va Dilshod Jabborovlarda yaxshigina vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsada maqsadga erisha olmadik. Hujumchilarimiz biroz oqsashmoqda. SHu sababli, vazifani bajara olmadik.

- Raqib o'yini haqida nima deya olasiz?
- “Neftchi” jamoasini himoyaga jiddiy tarzda etibor qaratib, qarshi hujumlardan samarali foydalanishga intilishlarini bilardik. SHundan kelib chiqqan holda bahsga hozirlik ko'rgandik. Ammo, yuqorida aytib o'tganimdek vaziyatlardan foydalana olmaslik bizga pand berdi. Bugun raqibga qaysidir manoda omad ham kulib boqdi deb o'ylayman. Farg'onaliklarga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика