So’nggi yangiliklar

17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  0 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  0 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  4 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  6 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  7 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  3 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0

Anvar Rajabov: "Jamoaga nima bo'layotganiga men ham hayronman" Yangiliklar

Anvar Rajabov: "Jamoaga nima bo'layotganiga men ham hayronman"

Bu yil yana oliy ligada ishtirok etayotgan "Andijon", o'z muxlislarini ranjitishda davom etmoqda.
Jamoa 8-turdan keyin 4 ochko jamg'arib turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi. Tabiiyki bu mahalliy ishqibozlarga yoqmayapti. Yaqinda "Navbahor" maydoniga safar uyushtirgan "burgutlar" derbida yirik (0:3) hisobda mag'lub bo'lib qaytdi. Uchrashuvdan so'ng andijonliklar hujumchisi Anvar Rajabov bilan suhbatlashdik.

- Ochig'i, jamoaga nima bo'layotganiga men ham tushunmayapman, - deya gap boshladi 26 yoshli futbolchi. - Har bir o'yinga tayyorgarlik ko'ngildagidek bo'lmoqda. Lekin negadir natija ijobiy kechmayapti. Navbahor bilan o'yinga keladigan bo'lsak, asosiy tarkibning 3-4 ta azosi jarohat tufayli maydonga tusha olmadi. Qolaversa uchrashuvda 2ta himoyachimiz almashtirildi. SHu kuni namanganliklarning g'alabaga bo'lgan ishtiyoq yuqori bo'lgani uchun yutdi deb hisoblayman. Bizda ham ishtiyoq bor, lekin boya aytganimdek omadimiz kelmayapti.

- Namangandagi uchrashuvda birgina meni emas, butun jamoani o'yini chiqmadi.

- Umid qilamanki, "Andijon" oliy ligadan tushib ketmaydi. Hammasi yaxshi bo'lishiga ishonamiz, - deydi Anvar Rajabov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика