Anvar Rajabov: "Gollarim jamoamga foyda keltirmaganidan afsusdaman"
16 apr 2014 07:00
Yangiliklar

Anvar Rajabov: "Gollarim jamoamga foyda keltirmaganidan afsusdaman"
Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Dinamo" (2:3) bahsida mezbonlar hujumchisi Anvar Rajabov shu kuni raqib darovzasiga ikkita to'p kiritib "burgutlar"ning golsiz seriyasiga nuqta qo'ydi.
Ammo uning uchrashuvdagi kiritgan ikki goli jamoasiga xattoki durang ham keltirmadi.
- Uzoq davom etgan golsiz seriyaga aynan "Dinamo" bilan o'yinda chek qo'yishni xohlagandik. Buni jamoadagi barcha futbolchilar yaxshi tushunib turgandi, - deya gap boshladi Anvar Rajabov. Bilasizmi shu kuni golning kim urishidan qatiy nazar muhimi mavsumdagi ilk g'alabani nishonlash asosiy maqsadlarimizdan biri edi. Uch ochko olib muxlislarimizni xursand etishni rejalashtirgandik. Tayyorgarlik ham shunga monand yaxshi bo'lgandi, deb o'ylayman. Yigitlarda yutish uchun ishtiyoq yuqori edi. Ammo omad etishmadi. Qolaversa uchrashuvdan oldin yog'ib o'tgan yomg'irdan so'ng maydonning xolatiga havas qilib bo'lmasdi.
- Maydonning ko'p joylariga suv to'planib qolgani ham kombinacion o'yin ko'rsatishimizga halal berdi.
- Yangi jamoamga to'la kirishib ketdim nazarimda. Hammasi yaxshi. SHu kuni zaxiradan Lochin Solievning maydonga tushirilishi o'yinimizni yanada kuchaytirdi. Bu tajribali hujumchi bilan ilgari "Buxoro"da birga o'ynaganimiz uchun ham bir-birimizni tushunishimiz osonroq kechmoqda.
- Uchrashuvda "Dinamo" qarshi hujumlardan unumli foydalanib qoldi.
- Ketma-ket muvaffaqiyatsiz uchrashuvlardan keyin nima deyishga ham hayronman. Jamoaga bazida omad etishmayapti, gohida yana nimadir kamlik qilyapti. Pastki o'rinlarni tark etish uchun barchamiz harakat qilyapmiz. Menimcha keyingi turlarda hali hammasi ijobiy tomonga o'zgarsa kerak.
- "Dinamo" bilan o'yindan so'ng Andijonda qolib Kubok o'yiniga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. SHanba kuni Samarqandda "SHerdor" bilan uchrashuv kutib turibdi. SHundan keyin etiborimizni oliy liganing 6-turidan o'rin olgan "Lokomotiv"ga qarshi bahsga qaratamiz.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar