So’nggi yangiliklar

01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  7 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  8 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  70 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  31 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  112 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  699 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3

Anvar G'ofurov: "Murabbiylar shtabida Zeytullaevning paydo bo'lishi? Maqsadimiz – "Bunyodkor"ni yuqoriga ko'tarish" Yangiliklar

Anvar G'ofurov: "Murabbiylar shtabida Zeytullaevning paydo bo'lishi? Maqsadimiz – "Bunyodkor"ni yuqoriga ko'tarish"

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichi birinchi turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "SHo'rtan" uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Anvar G'ofurov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ko'rganingizdek qiyin o'yin bo'ldi. Raqib yaxshi himoyalandi. Birinchi bo'limdan so'ng ko'rsatmalarni o'zgartirishga harakat qildik. Tezroq paslar bilan to'pni jarima maydonchasi ichiga etkazib berishni aytgandik. Raqib yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. Maqsadiga erishdi. Yana bu safar ham uchinchi zonada muammoimiz bo'lyapti. Biz yanada ko'proq imkoniyat yaratishimiz zarur. Birinchi bo'limda o'rtadan hujumlarni olib bordik. Qanotlardan yorib o'tish kerakligini takidlagandik. Ularning taktikasi qarshi hujumda vaziyatni kutish edi. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Balki futbolchilar ko'rsatmalarni oxirigacha tushunishmagandir. Ishlashimiz uchun ko'proq vaqt kerak. Bir deganda o'xshamaydi. To'pni nazorat qilyapmiz. Oxirgi vaziyatda sovuqqonlik etishmayapti Bu o'yinga biroz yuklama bilan tushdik. Keyingi o'yinlarda yanada yaxshiroq harakat qilamiz. Qolaversa, omad ham kerak" - deydi Anvar G'ofurov

- Bugun tarkibda rotaciyalarga qo'l urdingiz. Lekin ko'rinib turibdiki rotaciya qilish uchun resurslar etarli emas. Ular o'yinga tayyor emasdek ko'rindi. Bu borada qaroringiz qanchalik to'g'ri bo'ldi?

- Baribir har bir futbolchiga imkoniyat berishimiz lozim. Biz yaxshi bo'lishi tarafdorimiz. Bu o'yinlarda imkon bermasak, qachon beramiz? Lekin maydonda 11 ta joy bor. Yigitlar buni to'g'ri qabul qilishi kerak. Biz ham ularga imkoniyat berishga harakat qilamiz. Ammo bizga natija zarur deb o'ylayman.

- Yarim himoyachilarning harakatini qanday baholaysiz? Hisob 0:0, lekin yarim himoyachilar maydonda piyoda yuribdi. Buning natijasida hujumchilarda ham vaziyat bo'layotgani yo'q...

- To'g'ri. Birinchi bo'limda yaqqol orqada o'ynaydigan Frane CHiryak va Amir To'raqulov bor edi. Ikkinchi bo'limda CHiryakning o'rniga tezkor Bilol To'plievni tushirdik. U yuqoriroqda o'ynay oladi. To'pni qabul qilib, yaxshi vaziyatlar yaratishi mumkin. Bizga tezlik kerak edi. Bu tezlikni Umid Sultonov beradi degan maqsadda uni qo'ydik.  

- Ilyos Zeytullaev murabbiylar shtabida paydo bo'ldi. So'nggi 3 kunda bu haqida ko'p gapirildi. Uning jamoaga jalb qilinishi kimning qarori?

- Savolingiz noo'rin deb o'ylayman. Birlashgan holda "Bunyodkor"ga yordam berish istagidamiz. Maqsadimiz – yagona. Barchamiz jamoaga ko'mak bergan holda yuqori o'rinlarga olib chiqishni ko'zlaganmiz.

- O'z vaqtida eng yaxshi to'purarlarga qarshi o'ynagansiz. Hozirgi mahalliy hujumchilarga nima etishmayapti?

- Zamon shunday. Har bir to'purar o'zini ko'rsatsa, xorijdan taklif tayyor. Sergeev, Abdixoliqov va hokazo. Bizda iqtidorli yaxshi hujumchilar bor. Jamoalarning maqsadlari katta. Imkoniyatlariga qarab xorijdan yaxshi saviyadagi hujumchilar olib kelishlari kerak

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика