So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Anvar Berdiev: "Uch ochko uchun chiroyli o'yinni qurbon qilishga tayyorman" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Uch ochko uchun chiroyli o'yinni qurbon qilishga tayyorman"

O'zbekiston kubogi 2-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Turon" (5:1) bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- "Olimpik" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugun birinchi taymning o'zida yutqazib bo'ldik, desak ham bo'ladi. CHunki o'yin boshida kam o'yin amaliyotiga ega futbolchilarni maydonga tushirgandik, bu o'zini oqlamadi. Tushunib etdimki, imkoniyat berish kerak emas, faqat mashg'ulotda o'zini ko'rsatsagina imkon taqdim etish lozim. Bu narsa menga dars bo'ldi. Muxlislardan, jamoa rahbariyatidan uzr so'rayman. Bugungi bahsni tezda unutib, keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Guruhdan 2 ta jamoa chiqadi. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishga harakat qilamiz.

- Kubokda jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

- CHempionat o'yinimi, kubok bahsimi, har bir o'yinda g'alaba qozonish vazifasi qo'yilgan. Hozirgi asosiy vazifamiz – guruhdan chiqish. Qolgan uchrashuvlarda ham g'alaba uchun maydonga tushamiz. 

- "Turon" "G'ijduvon"ni mag'lub etishga erishdi, ammo jamoa o'yinu u qadar yorqin emas. O'yinni shakllantirib olish uchun yana qancha vaqt kerak deb o'ylaysiz?

- Hozirgi vaqtda Pro ligada har bir bahs jiddiy kechmoqda. O'yin esdan chiqib ketadi, ammo natija tarixda qoladi. Asosiy maqsadimiz – har bitta o'yinda 3 ochko olish. O'yin o'z-o'zidan shakllanaveradi. Yaxshi o'ynab, yutqazgandan ko'ra yomon o'ynab, uch ochko qo'lga kiritgan afzal. 3 ochko uchun chiroyli o'yinni qurbon qilishga tayyorman.

-  O'tgan yilgi jamoa va hozirgi "Turon"ning farqi xususida nima deysiz? Jamoa kuchsizlangandek go'yo...

- Siz bitta o'yindan kelib chiqib shunday fikr bildiryapsiz. "Turon"ning o'tgan yilgi va hozirgi tarkibini ko'rib chiqing. Xudoga shukrki, "Turon" Pro ligada 1-o'rinda bormoqda. Maqsadimiz – Superligaga yo'l olish.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика