So’nggi yangiliklar

09:47Мбаппе Франция рекордини янгилади  0 09:15Ямал тарихга кирди  4 08:41Дембеле тарихда ушбу натижага эришган 10-футболчи бўлди  8 08:09Месси Дембелени табриклади  5 07:44Хави АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  4 02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  119 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  5 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  8 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  21 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  6 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6

Anvar Berdiev: "Bugun stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Bugun stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman"

Xabaringiz bor bugun "Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2021" musobaqasida yarim final bahslari o'tkazildi.

Mazkur bosqich doirasida Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi Qo'qon shahrining "Qo'qon-1912" klubini penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etib musobaqa finaliga yo'l oldi. Uchrashuvdan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Anvar Berdievning fikrlari bilan qiziqdik.


- Anvar aka, bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz...

- O'yin haqida nima deyish mumkin? Ushbu turnir barcha ishtirokchi jamoalarga mavsumoldi tayyorgarlik vazifasini o'tab bermoqda. "Istiqlol" ham ushbu musobaqada aynan shu maqsad bilan ishtirok etmoqda. Natija muhim, bu kabi turnirlarda mavsumga tayyorgarlik bilan bir navbatda futbolchilarni ruhlantirib borish kerak. Bugun ajoyib va juda qiziqarli o'yin guvohi bo'ldik, bilasizlar "Qo'qon-1912" jamoasi bir necha mavsumdan buyon Superligada yorqin tarzda qatnashib kelmoqda. 

Bugungi o'yin jamoamiz futbolchilariga minnatdorchilik bildiraman. Ular o'yindan oldin bergan ko'rsatmalarimizni bor imkoniyatlarini ishga solgan xolda bajarishga harakat qilishdi. Biz ushbu turnir davomida o'z o'yin uslubimizni shakllantirishga harakat qilayapmiz. Mana shu yo'limizdan chekinmoqchi emasmiz, oxirigacha shu tarzda davom etamiz.

- "Istiqlol" mavsumoldi tayyorgarlikni kechroq boshlagandi. Qisqa fursat ichida jamoani tayyorlab ushbu musobaqaga olib keldingiz. Boshida jamoangizni finalga qadar etib borishiga ko'pchilik ishonmagandi...

- Bilasizmi, o'zim jamoaga taklif qilgan yigitlarni avvaldan yaxshi bilan. O'zim "Neftchi"da o'ynaganman, bu yigitlar ko'z o'ngimda futbolchi bo'lib etishishgan. Yig'inni kech boshlaganimiz to'g'ri, buning o'ziga yarasha sabablari bor. Futbolchi maydonga tushdimi, ishtiyoq bilan o'ynashi kerak. Jamoamiz azolarining harakatlaridan minnatdorman, shu yo'sinda davom etaverishimiz kerak.

- "Istiqlol"ning bu turnirdagi ishtirokidan kelib chiqsak, jamoaning PRO-Ligada ham yuqori o'rinlar uchun kurashishi, balki g'olib chiqishga bo'lgan ishtiyoqi bor. Klub rahbariyati sizning oldingizga yangi mavsumda Superliga yo'llanmasi vazifasini qo'ymoqdami?

- Albatta har yili jamoamiz oldiga Superliga vazifasi qo'yiladi. Bizga yaratilayotgan sharoitlar uchun klubimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Bizni maqsadimiz har bir uchrashuvda g'alaba uchun oxirigacha kurashish. Har bir o'yinda g'alaba uchun kurashsak yutuqlar o'zi kelaveradi.

- Bugungi uchrashuvda ko'plab futbol muxlislari stadionda jamoangizni qo'llab-quvvatlashdi. Ushbu muxlislarga nimalarni aytmoqchisiz?

- Bugun jamoamizni stadionda qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga alohida minnatdorchilik bildiraman. O'zim "Neftchi"da o'ynab yurgan vaqtlarimda ular bizga qay darajada muxlislik qilishganini yaxshi eslayman. Men uchun farg'onaliklar muxlislar O'zbekistonda birinchi raqamli. Takror aytaman, bugungi muxlislik uchun ularga jamoamiz nomidan alohida rahmat aytaman. Ular bugun bizni juda yaxshi qo'llab-quvvatlashdi. 

"Neftchi" jamoasidan ko'plab futbolchilarni tarkibga jalb etdik, farg'onalik muxlislarga ushbu futbolchilar allaqachon qadrdon bo'lib ulgurgan. Istiqlol" nasib bo'lsa kelajakda Farg'onada, O'zbekistonda o'z o'rniga ega jamoaga aylanadi. 


Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика