So’nggi yangiliklar

20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  0 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  0 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  2 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  12 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  11 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  1 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  4 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  12 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2

Antonio Oliveyra: "O'zbekistonga yaxshi kayfiyatda boramiz" Yangiliklar

Antonio Oliveyra: "O'zbekistonga yaxshi kayfiyatda boramiz"

“Nasaf” jamoasining OCHL gurux bosqichidagi raqiblaridan biri bo'lmish Eronning “Traktorsozi” klubi kuni kecha Eron Pro Ligasining navbatdagi turi doirasida mehmonda “Naft Masjid Sulaymon” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Qiyin kechgan uchrashuvda Saman va Luchano tomonidan kiritilgan gollar evaziga “Qizil qashqirlar” g'alabani tantana qilishdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida har ikki jamoa murabbiylari o'yin haqidagi fikrlarini jurnalistlar bilan o'rtoqlashdilar. Biz ham OCHLdagi ilk raqibimiz bosh murabbiyining o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Antonio Oliviera:

- Bugun biz kuchsiz jamoani mag'lub etdik deya olmayman, boisi bugungi raqib bizga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Bugungi g'alaba uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman, ular bugun ko'rsatmalarimni alo darajada bajarishdi. Endi bu yog'iga bor etiborimizni OCHL guruh bosqichidagi ilk uchrashuvga qaratamiz. O'zbekistonga yaxshi kayfiyatda boramiz va g'alaba bilan qaytishga harakat qilamiz.

Matbuot anjumanining davomida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Eslatib o'tamiz, “Nasaf” va “Traktorsoziy” jamoalari o'rtasidagi 1-tur doirasidagi uchrashuv 25-fevral kuni soat 18:00 da “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi.

Biz ham raqib jamoaga omad tilaymiz ammo chorshanba kuniga emas. Sevimli jamoamiz shu kuni g'alaba qozonib, barchamizni quvontirishiga ishonamiz.
Olg'a AJDARLAR!!!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика