So’nggi yangiliklar

01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарий бошқача кечиши мумкин эди"  0 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 00:00Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Осасуна" (онлайн ҳисоб)  20 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  9 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  3 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  13

Antonio Oliveyra: "Ertangi o'yin har ikkala jamoa uchun ham qiyin bo'ladi" Yangiliklar

Antonio Oliveyra: "Ertangi o'yin har ikkala jamoa uchun ham qiyin bo'ladi"

Osiyo chempionlar ligasi "D" guruhi 1-tur doirasidagi "Nasaf" - "Traktorsoziy" o'yini oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Antonio Oliveyra va futbolchi Mehdi Kiani ishtirok etishdi.

"O'zbekistonga kelganimdan xursandman. Men bu o'lkaga avval ham kelgandim. "Nasaf" jamoasi haqida iliq gaplarni aytishim mumkin. Ularning "Istiqlol"ga qarshi o'yinlaridan xabardorman va adashmasam o'sha tarkibdan olti nafar futbolchi hali ham jamoa safidalar. SHuningdek, bosh murabbiy ham o'sha. Bizni ertaga qiziqarli o'yin kutib turibdi. Osiyo chemionlar ligasi qiyin musobaqa va bu turnirda bir qator kuchli jamoalar ishtirok etishadi. "Nasaf" bilan bo'ladigan bahs oson bo'lmaydi. Maydon holati hozirda ideal darajada deya olmayman. Noqulay ob-havo ertaga ikkala jamoaga ham qiyinchiliklar tug'dirishi tabiiy. SHunga qaramay yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz", - deya o'z so'zini bosh murabbiy boshladi.


Mehdi Kiani: - "Nasaf" jamoasini imkon qadar yaxshi o'rganib chiqdik. Bu jamoa kuchli klublardan biri sanaladi. Ertangi uchrashuv har ikkala jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O'ylaymanki, biz ortga yaxshi kayfiyatda yo'l olamiz.


- "Nasaf"ni qay darajada o'rgana oldingiz?

- O'zbekiston jamoalari har doim kuchli hisoblanib kelishgan. O'tgan haftada "Bunyodkor" "Al Jazira"ni mag'lub etib guruh bosqichiga o'tgani ham fikrimga tasdiq bo'la oladi. Qaytarib aytaman, ertaga bizni qiyin sinov kutib turibdi.


- Jamoa OCHLda o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'ygan?

- Avvalambor biz guruhdan chiqish haqida o'ylashimiz kerak. Keyingi bosqichda esa Janubiy Koreya va Yaponiyadan bir qator kuchli jamoalar bilan to'qnash kelish mumkin. Hozirgi asosiy vazifamiz guruhdan chiqish.


- Siz o'z vaqtida Portugaliyaning "Benfika" jamoasida faoliyat yuritgansiz. So'ramoqchi bo'lganim, portugaliyalik futbolchilarni ham "Traktorsoziy" jamoasiga taklif etish rejasi bormi? Klubning moliyaviy ahvoli bunga yo'l qo'yadimi?

- Meni yoshim o'tib bormoqda. Sizlarning ichingizda yoshlar ko'p ekan va meni avvalgi faoliyatim haqida bilishingizdan xursand bo'ldim. To'g'risi, hali jamoaga Portugaliyadan futbolchi taklif etish fikri hayolimga kelgani yo'q. Aniqrog'i, bu narsa rejamizga kirmagan.


SHahboz Beg'amov 

Qarshi shahridan

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика