Ansu Fati aprel oyining o'rtalarida maydonga qaytishi mumkin
24 mar 2022 10:16
Yangiliklar
Ansu Fati aprel oyining o'rtalarida maydonga qaytishi mumkin
"Barselona" hujumchisi Ansu Fati sonidan olgan jarohatidan tiklanishga yaqin.
19 yoshli ispaniyalik futbolchi tez orada umumiy guruhda mashg'ulotlarni davom ettirishi mumkin.
"Barselona" futbolchining tiklanishini majburan tezlashtirishni rejalashtirmayapti. Uning "Ayntraxt" (14 aprel) yoki "Kadis" (17 aprel)ga qarshi o'yinlarga tiklanishi kutilmoqda.
Fati 2021/22 yilgi mavsum "Barselona" tarkibida 10ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar