So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  14 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  21 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  12 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  7 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  9 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  51 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  248

Angliyaning bo'lajak chempionini mag'lub etgan Liverpul haqida Yangiliklar

Angliyaning bo'lajak chempionini mag'lub etgan Liverpul haqida

Teglar :  LiverpulAPLAngliya
Klopp APLning o'yin bo'yicha ikkinchi jamoasini tuza oldi va birinchi jamoani enga oldi. Bugun Salax, Mane va Firmino "banda"si haqida so'z yuritamiz.

Klopp APL taqvimiga qarshi jang ochdi

Angliya chempionati taqvimi futbolchilarni "o'ldiradi". Unga yana ichki kubok bahslari va evrokuboklarni qo'shing – natijada klub murabbiylari bekorga nolimayotganini tushunib etasiz.

Ammo Yurgen Klopp vaziyatdan chiqish yo'lini topgan ko'rinadi. Germaniyalik APLdagi boshqa hamkasblariga nisbatan ko'proq rotaciyaga murojaat qiladi. Yurgen ko'pchilikka sezdirmay, nomlar emas, butun jamoa o'ynovchi sxemani yo'lga qo'ya oldi. Yaqin-yaqingacha "Liverpulni" Manesiz tasavvur qila olmay qolgandik. Hozir vaziyat boshqacharoq.
Hozirda ko'plab ekspertlar bir savolga javob qidirishmoqda: nega Koutino ketgani "Liverpul" o'yiniga tasir qilmadi, nega hujum bundan zarar ko'rmadi? Javob shunday – "qizillar" chempionat boshidan beri o'tgan vaqt ichida 21 ta turni "4-3-3" sxemasida o'tkazdilar. Tabiiyki, murabbiy tanloviga ko'ra (asosiy tarkib), yarim himoyachilar vazifalari biroz o'zgaradi. Ammo butun APLda o'rtacha o'yinchi almashtirish 2.4 ko'rsatkichni tashkil qilayotgan bir pallada, bu ko'rsatkich "Liverpul"da har o'yin asosiy tarkibda 4.1 tadan o'zgarish amalga oshiriladi. Xatto Gvardiola ham asosiy tarkibni bu qadar keskin o'zgartirib tashlashdan o'zini tiyib turibdi, Klopp esa tavakkalchi. Undan keyingi o'rinni Benites egallab turibdi, ispaniyalik mutaxassis o'rtacha 2.9 o'zgartirishni amalga oshirmoqda.

Taktik o'yini yo'lga qo'yilgan - "Liverpul"  
Jamoang tarkibida Mane va Salax bor ekan, tezkor qarshi hujumlardan foydalanmaslik ahmoqlikning o'zginasi bo'ladi. Klopp hozircha har holda bu xatoga yo'l qo'ymayapti. Hali mart oyi boshlanmagan bir vaziyatda "qizillar" chempionlikni nishonlagan "Lester" va "CHelsi" (ularning chempionlik mavsumlaridagi natija)dan yaxshiroq ko'rsatkichga ega. Klopp shogirdlari nafaqat tezkor qarshi hujumlar bilan maqtana oladi, balki jamoa o'yin davomida ham o'zgara olishi bilan ajralib turadi. Odatda dastlabki o'n besh daqiqada futbolchilar raqibni o'rganib chiqishadi va undan keyin "hamla" qilishadi. Dastlabki 15 daqiqada "Liverpul" bor yo'g'i 5ta gol urgan, o'yinning qolgan daqiqalarida esa ularni to'xtatish tobora qiyinlashib ketmoqda.

16 - 45-daqiqalar oralig'ida "Liverpul" gollarining 38% foizini urishga erishgan. Tanaffusda Kloppdan ko'rsatma va qo'shimcha maslahatlarni olgan futbolchilar ikkinchi taymda ham o'yin suratini tushirmaslikka harakat qiladi. Bu erda avvalroq takidlaganimiz, qolganlarga nisbatan ko'proq rotaciya qilinayotgani va tarkibdagi futbolchilar hali charchamagani qo'l kelmoqda.
Klopp qo'l ostida ikki darvozabon, to'rtta markaziy himoyachi, chap va o'ng qanotda ikkitadan himoyachi, markazdagi uchlik uchun etti futbolchi va faqat hujumdagi trio odatiy ko'rinishda bo'lsa, raqibga moslashish va kuchni to'g'ri taqsimlash imkoniyati yuzaga keladi. Klopp boshliq "Liverpul" raqib va o'yin borishiga qarab o'zgarganini xatto "Manchester Siti" tushunmay qoldi, shuning uchun ham 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi.



Ammo himoya chempionlarnikidek emas
"Liverpul"da kayfiyat, ruhiyat borasida, taktik sxemalar, kuchli hujum chizig'i va etakchilar borasida muammo yo'q. Barchasi chempionlik uchun kurashish talabiga javob bera oladi. Salax chempionlik mavsumlaridagi Maxrez yoki Azar roliga juda mos keladi. Misrlik - Evropada birinchilardan bo'lib 30ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Tezkor futbolchi va maydondan tashqarida sodda yigit. Bosh murabbiy Klopp bilan ham hech qanday muammo yo'q.
Nimadir etishmayapti-a? CHempionlik yo'lida "Manchester Siti"dek "akula"dan tashqari, himoyadagi og'riqli nuqta ham bor. Yaqinda CHempionlar Ligasida "Portu"ga qarshi yomg'ir ostida o'tgan, ishonchli g'alabaga erishilgan o'yinda ham (5:0), Klopp himoyachilari "drakonlar" ikki bor yo'q joydan vaziyatga ega bo'lishlariga yo'l qo'yib berishdi. Hozirda o'z o'yinini topa olmayotgan va omadi ham chopmayotgan "Vest Xem" ham Karius darvozasi tomon yo'l topa oldi. Van Deyk himoyachilar etakchisiga aylana olmadi, qanot futbolchilarida qandaydir qo'rquv bordek. Natijada "Liverpul" darvozasi oldida, MYUdagidan kamroq xavfli vaziyatlar yuzaga kelsada, aynan liverpulliklar ko'proq gol o'tkazib yuborishdi. Balki ularga De Xea etishmayotgandir?

Jahonning eng kuchli triolardan biri
Bu mavsum hujumdagi uchlik etmishga yaqin gol urishga muvaffaq bo'ldi. Eng qizig'i, bazan Firmino "Liverpul" darajasidagi forvard emas deb qolishadi. Emishki, jamoa "yangi Suares"ni izlab topishi kerak. Ammo braziliyalik undan ancha qimmatga sotib olingan Lukakudan ko'proq foyda keltirmoqda. Buni statistika yaqqol ko'rsatib turibdi. Mane ham malum muddat jamoaga kerak bo'lmay qolgandek bo'ldi. Ammo u yo'q o'yinlarda Sadoning o'rni yaqqol sezilib qoldi.

Senegallik, braziliyalik va misrlik charm to'p ustalari hujumdagi vazifalarni bo'lishib olishdi. Maneda tezlik va yo'lga qo'yilgan zarbasi bor. Firmino har bir qarich er uchun kurash olib boradi va pozicion hujumda katta foyda keltiradi. Salax esa... U barchasini alo darajada uddalayapti. Dribling, tezlik, zarbalar, golli uzatmalar va bevosita gollar. Aytishadiku, istalganidan bor. Bu trio mavsumning eng kuchli uchligiga davogarlik qilishmoqda. PSJda Kavani, Neymar va Mbappe bor, ammo "Liverpul" triosida o'zining ustun tomonlari etarli. Ha, Mane "brazilcha kapoeyra" harakatlarini qaytarib, raqsga tusha olmas, lekin darvozaga aniq zarba bera oladi!



Keyingi mavsum – hal qiluvchisi

2019 yil bahorida chempionlikka chinakamiga asosiy nomzod bo'lishchun hali ko'p ish qilish kerak. "Liverpul"da jahon darajasidagi darvozabon yo'q. Jahonning eng qimmat himoyachisi bo'lsada, ular pressing qila olayotgan bo'lsada, himoyachilar o'rtasida jamoaviy (sistematik) o'yin yo'q.
Agar yaqin yillar ichida chempionlik tituliga erishsa, "Liverpul" futbolchilarini o'sha mashhur "Bitlz" guruhidek yaxshi ko'rib qolishadi. Buni endi vaqt ko'rsatadi. Ammo keyin nima bo'lgan taqdirda ham, Klopp boshchligidagi "Liverpul"ning hujumdagi o'yinidan va yo'q joydan o'z darvozasi oldida raqibga vaziyat "yaratib berayotgani"dan zavqlanishimiz zarur. APLda aynan Klopp jamoasi "Manchester Siti"ni birinchi bo'lib mag'lub etgani ham tasodif emas. Agar Salax yozda boshqa klubga ketib qolmasa, yangi mavsumda "Liverpul" ko'p narsaga erishishi mumkin.
"Liverpul" hali o'sishi mumkin bo'lgan, o'sishi kerak bo'lgan jihatlar bor, ammo hoziroq jamoa muxlisbop o'yin ko'rsatayotgani hech kimga sir emas.
O'tgan mavsum "Tottenxem" chempionlikka davogarlik qilishga ruhan tayyor emasligini ko'rsatib qo'ydi. Lekin himoyada kutilmagan xatolarga yo'l qo'yadigan "Liverpul" Manchester va Londondagi raqiblaridan aynan hujumdagi yorqinlik, ishtiyoq evaziga o'zib ketishi mumkin.

Klopp taktika va o'yin uslubi, alohida ismlardan muhmroq bo'lgan jamoa yaratish ustida ishlamoqda. "Liverpul" – bugunning o'zida APLning eng kuchli ikki jamoasidan biri.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика