Angliyada ishlash oson emas. Arveladze fevraldagi 7ta o'yindan faqat bittasida g'alaba qozondi
02 mar 2022 21:36
Yangiliklar
Angliyada ishlash oson emas. Arveladze fevraldagi 7ta o'yindan faqat bittasida g'alaba qozondi
"Paxtakor" sobiq bosh murabbiyi SHota Arveladzening yangi jamoasi "Xall Siti" o'tgan oy CHempionshipda 7ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Bo'lib o'tgan o'yinlarda "Xall Siti" 4 bor mag'lubiyatga uchrab, ikki marta durang qayd etdi va faqat bitta bahsda g'alaba qozondi. SHota Arveladze shogirdlari o'tgan oy "Preston", "Derbi Kaunti", "Fulxem", "SHeffild Yunayted", "Kuins Park Reynjers", "Barnsli" va "Piterboro" klublariga qarshi bahs olib bordi.
5 fevral. "Xall Siti" - "Preston" 0:1
9 fevral. "Derbi Kaunti" - "Xall Siti" 3:1
12 fevral. "Xall Siti" - "Fulxem" 0:1
16 fevral. "SHeffild Yunayted" - "Xall Siti" 0:0
19 fevral. "Kuins Park" - "Xall Siti" 1:1
23 fevral. "Xall Siti" - "Barnsli" 0:2
26 fevral. "Piterboro" - "Xall Siti" 0:3
"Xall Siti" keyingi turni 5 mart kuni o'z maydonida "Vest Bromvich"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
08:31
"Balki biz chempion bo'larmiz." Gvardiola "Liverpul" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng 4
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar