So’nggi yangiliklar

01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  0 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 23:12Миллатлар лигаси. Германия, Нидерландия, Туркия ва бошқа термаларнинг бугунги ўйин учун таркиби маълум!  0 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  14 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3 19:30Клопп янги ишида нима қилишини тушунтириб берди  3

JCH-2018. Angliya Panamani yanchib tashladi Yangiliklar

JCH-2018. Angliya Panamani yanchib tashladi

JCH-2018ning 2-turi doirasida Angliya - Panama uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinning matnli translyaciyasini ushbu saxifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

O'YIN YAKUNLANDI. ANGLIYA YIRIK HISOBDA G'ALABAGA ERISHDI

90+4. Arroyo chalqancha usuldagi zarba bilan darvozani ishg'ol qilmoqchi bo'lgandi. Biroq to'p uning oyog'iga tushmadi.

90+2. Angliya yana bosim uyushtirmoqda. Biroq ularning gol urgisi kelmayapti.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Angliya markazdan jarima zarbasini amalga oshirdi. To'p barchadan o'tib ketdi va Vardiga borib tushdi. Ammo u zarba bera olmadi.

85. Panama yana bir imkoniyatga ega bo'lmoqda. Xavfli jarima zarbasi

82. Sterlingning zarbasi biroz noaniq ketdi. 

78. GOOOOOOOOOLLLLLL!!! GODOYYYYYYY!!! 6:1!! Markazdan jarimadan uzatilgan to'pni zaxiradan tushgan Godoy darvozaga yo'lladi. Bu gol Panama termasi uchun JCH tarixidagi ilk goli.

77. Uchrashuvni 43319 tomoshabin kuzatib bormoqda.

76. ZARBAAAAAAAAAAAA!!! Panama futbolchisi Roman Torres vaziyatdan foydalana olmadi.

75. Panama yana hujumga o'tdi. CHap qanotdan uzatilgan to'pni Denni Rouz maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

74. Panama hujumga o'tgandi. Biroq darvozabon xavfni bartaraf etdi.

72. Ogohlantirish. Murilo Sterlingni yiqitgani uchun ogohlantirildi.

70. Angliyada o'zgarish. Tripper o'rniga Denni Rouz.

69. Panamada o'zgarish. Barsenas o'rniga Baloy, Gomes o'rniga Arroyo.

66. XAVFLI VAZIYATTTTTTTTT!!!! Avila Angliya posboni bilan birga bir holatga chiqib bordi va zarba berdi. To'pni himoyachilar qaytarishdi.

62. O'zgarish. Godoy o'rniga Avila.

62. O'zgarish. Keyn o'rniga Vardi, Lingard o'rniga Delf.

61. GOOOLLLL! Keynning zarbasi rikoshet bilan golga aylandi.

60. Ikkinchi bo'lim anchagina zerikarli o'tmoqda. Qora qilib yozilgan daqiqa bo'lmadi hali.

58. Angliya hujumga o'tgandi. Biroq Tripper offsaydda qolib ketdi.

55. Xendersonning uzoq masofaga to'p uzatgandi. Biroq Sterling to'pga etib bora olmadi.

53. Panama raqib darvozasin oldida kichik bosim uyushtirishga harakat qildi. Ammo o'xshamadi.

51. Panamada yaxshi imkoniyat bo'ldi. Biroq ular burchak zarbasidan foydalana olishmadi.

49. Panamaning ketidan Angliya tezkor qarshi hujumga o'tdi. Rahim Sterling darvozabon bilan birga bir holatga chiqishi mumkin bo'lgan bir vaqtda posbon to'pgi ulgurdi.

48. Edgar Barsenes hujumga o'tdi. Biroq u jarima maydonchasi ichida noaniq pas o'ynadi.

47. Ikkinchi bo'limning ilk daqiqalarini inglizlar yaxshi boshlashdi. Birinchi bo'limda boshqacha hol bo'lgandi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45. GOOOOOOLLLLLL!!! KEYNNNNNN!!! 5:0.

45. Ogohlantirish. Fidel Eskobar.

44. PENALTIIIIIIIIIII!!!! STOUNZNI YIQITISHDI!!

42. Hakam videotakrorlardan foydalangani uchun o'yin biroz to'xtab qoldi.

41. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! STOUNZZZZZZ!!! Angliyaning qoyilmaqom goli!!! Jarimadan oshirilgan to'pni Maguayr Sterlingga oshirdi. Uning zarbasini darvozabon qaytardi. Qaytgan to'pni Stounz darvozaga joylab qo'ydi.

39. Angliyada yana bir vaziyat. Jarima zarbasi

36. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! LINGAAAAARRRRRDDDDDDDD!!!! Supergollll!!! U 20 metrlardan to'pni aylantirma uslubda tepdi. Darvozabon zarbaning oldida ojiz qoldi.

35. Angliya to'pni o'zida ushlab turibdi.

33. Markazdan to'p uzatilishidan keyin Maguayr boshi bilan zarba berdi. Biroq zarbaga aniqlik etishmadi. To'p to'rning ustida borib tushdi.

31. Uokerning to'p uzatishidan keyin Sterling darvozabon bilan birga bir holatga chiqib ketishi mumkin edi. Biroq undan oldin darvozabon to'pga etib oldi.

29. Panama to'pni o'zida ushlab turib, pozicion hujumga o'tishga urinmoqda.

27. Lingard hujumga o'tgandi. Biroq u offsaydda qolib ketdi.

23. Qo'pollik ishlatgani uchun Loftus-CHik ogohlantirildi.

21. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! KEYNNNNNNNN!!! U penaltini aniq amalga oshirdi. 2:0!

20. PENALTTTTTTTTIIIIIIIIII!!!! Panamaliklar Lingardni o'z jarima maydonchasi ichida yiqitishdi. Bu erda VARsiz ham penalti borligi ko'rinib turgandi.

18. O'yin tempi biroz tushgandek ko'rinmoqda.

16. ZARBAAAAAAAAAAAAA!!! Barsenas taxminan 20 metrlardan chap oyoqda aylantirma zarba berdi. Biroq to'p biroz noaniq ketdi.

12. Panama o'ng qanotdan hujumga o'tdi. Biroq to'pni himoyachilar qaytardi. Keyinchalik inglizlar yana xato qilishdi va to'pni oldirib qo'yishdi. Bu safar o'ng qanotdan oshirilgan to'pni ham panamaliklar egallab ola bilmadi.

10. Markazda Lingardni yiqitgani uchun Armando Kuper ogohlantirildi.

9. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Stounz Maguayrning burchakdan oshirgan to'pidan keyin boshi bilan darvozani ishg'ol qildi, 1:0.

8. Angliyada ilk xavfli vaziyat. Burchak zarbasi.

7. Ilq daqiqalarda Angliya o'ziga kela olmayapti. Panama esa bosim uyushtirmoqda.

6. Panama xavfli hujum uyushtirdi. Biroq jarima maydonchasi ichidan Godoyning tepgan to'pi noaniq ketdi.

4. Edgar Barkenas uzoq masofadan zarba bergandi. Biroq zarbaga aniqlik umuman etishmadi.

2. Ilk daqiqalardan Angliya hujumga o'tgandi. Biroq Jessi Lingard va Gabriel Gomes havodagi kurashda bir-biriga urilib ketishdi. SHu boisdan kichik to'xtalish yuzaga keldi.

1. O'YIN BOSHLANDI

- O'yin boshlanishiga 15 daqiqa vaqt qoldi.

England

John Stones - 8', Harry Kane - 22', Jesse Lingard - 36', John Stones - 40', Harry Kane - 45', Harry Kane - 62'

World Cup Grp. G . 2-tur

24/06/2018, 17:00

1
:
6
Tugadi

Panama

Felipe Baloy - 78'

Stadion: Nizhny Novgorod Stadium, 43319 tomoshabin

Bosh hakam: Ghead Grisha

45'
90'
8'  John Stones
8'  Kieran Trippier
22'  Harry Kane
24'  Ruben Loftus-Cheek
36'  Jesse Lingard
36'  Raheem Sterling
40'  John Stones
45'  Harry Kane
62'  Harry Kane
63'  Harry Kane (Jamie Vardy)
63'  Jesse Lingard (Fabian Delph)
70'  Kieran Trippier (Danny Rose)
10'  Armando Cooper
44'  Fidel Escobar
62'  Anibal Godoy (Ricardo Avila)
69'  Yoel Barcenas (Abdiel Arroyo)
69'  Gabriel Gomez (Felipe Baloy)
72'  Michael Murillo
78'  Felipe Baloy
78'  Ricardo Avila

Angliya - Panama 6:1. 43319 tomoshabin

Gol: Stounz (9), Keyn (22-pen), Lingard (36), Stounz (41), Keyn (45-pen), Keyn (61), Felipe Baloy (78).

Angliya: 1. Jordan Pikford, 2. Kayl Uoker, 5. Jon Stounz, 6. Garri Maguayr, 12. Keran Tripper (Denni Rouz, 70), 18. Eshli Yang, 7. Jessi Lingard (Fabian Delf, 61), 8. Jordan Xenderson, 21. Ruben Loftus-CHik, 9. Xarri Keyn (Jeymi Vardi, 61), 10. Rahim Sterling.

Panama: 1. Jeymi Penedo, 2. Mishel Murilo, 4. Fidel Eskobar, 5. Roman Torres, 15. Erik Devis, 6. Gabriel Gomes (Abdel Arroyo, 69), 8. Joel Barsenas (Felipe Baloy, 69), 11. Armando Kuper, 20. Anibal Godoy (Rikardo Avila, 62), 21. Xose Rodriges, 7. Blez Peres.

Ogohlantirish: Armando Kuper (10), Ruben Loftus-CHik (23), Fidel Eskobar (44), Murilo (72).

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика