So’nggi yangiliklar

18:28Про лига. Бир киши кам бўлиб қолган "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  0 18:15Скоулз МЮнинг ёзги трансфер кампаниясини қоралади  0 17:48Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади  8 17:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси Японияга қарши ўртоқлик ўйинида қатнашмоқда (онлайн ҳисоб)  2 17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  9 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  1 15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  6 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  3 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  3 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  10 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  18 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  2 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  7

Angliya kubogi. Sensaciya: "Siti" o'z uyida "Uigan"ga yutqazib qo'ydi Yangiliklar

Angliya kubogi. Sensaciya: "Siti" o'z uyida "Uigan"ga yutqazib qo'ydi

Ushbu sahifa orqali “Manchester Siti” – “Uigan” uchrashuvidan matnli translyaciyani kuzatib borish mumkin bo'ldi.
Manchester Siti – Uigan  1:2
9 mart, 21.05, Etixad Stedium
Gollar
: 0:1 – 27, penalti Jordi Gomes,  0:2 – 47 Perch,  1:2 – 68 Nasri.
Manchester Siti – Pantilimon, Richards, Demichelis, Leskott, Klishi, Yaya Ture (Silva, 53), Xavi Garsiya, Navas (Djeko, 53), Nasri, Aguero, Negredo (Milner, 53).
Uigan – Karson, Perch, Kreyni, Ramis, Boys, Jordi Gomes, Makikran (Espinoza, 66), Makartur, Kr. Makkenn (Barnett, 46), K. Makmanaman (Makkleyn, 58), Fortyune.
Ogohlantirishlar: Nasri (34), Yaya Ture (48), Barnett (69), Milner (77), Karson (84), Djeko (85).


                                      MATNLI TRANSLYACIYA
                                               
YANGILASH

90+5. UCHRASHUV TUGADI. "UIGAN" SAFARDA "MANCHESTER SITI"NI MAG'LUB ETDI. "Uigan" Angliya kubogi yarim finaliga yo'llanma oldi!
90+4.
Maydon egalari to'pni egallab olishlari bilan qanotdan oldinga o'tib jarima maydoniga oshirishmoqda, himoyachilar istalgan tomonga qarab tepib yuborishmoqda
90+3. Ogohlantirish.
"Uigan". Espinoza
90. O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi.
90. Xavfli vaziyat! Fortune birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, Pantilimon to'pni qaytardi!
89.
Mehmonlar eng yaxshi himoya hujum degan shior bilan oldinga o'tmoqda.
87.
"Siti"ning hujumi. Aguero jarima maydoni ichida yiqildi. Biroq hakam bu vaziyatda himoyachi va hujumchi bir biriga nisbatan qoida buzganini ko'rsatdi.
86.
Jordi Gomes raqib jarima maydoni yonida yiqitildi, jarima to'pini uning o'zi darvozabonga sovha qildi
83.
Makartur tirsagi bilan Jekoning yuzini qonatdi
81.
"Siti" raqib jarima maydoni ichiga ko'chib bo'ldi. Agueroning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Jeko darvozaga aniq yo'llay olmadi
80. Jekoooooooooo! O'ng qanotdan to'pni darvoza yoniga oshirilgan to'pni Edin chamasi 2 metrdan darvozaga yo'llay olmadi!
79.
Jekooo! chamasi 10 metrlardan bosniyalik futbolchi darvozaga zarba yo'lladi, himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi
77.
Mezbonlar raqib jarima maydoni yonida to'pni olib yurishibdi. Oxirgi va aniq zarbani beradiganlar topilmayapti
73. Xavfli vaziyat! Aguero darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, to'p darovzaning yonginasidan o'tib ketdi. Bungacha futbochli o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan
68.
"Siti" darhol yana hujumga o'tdi, Richardsning kuchli zarbasi noaniq ketdi
67. Ogohlantirish.
"Uigan". Barnett
67. Burchak to'pi amalga oshirilganidan so'ng qaytgan to'pni jarima maydoni tashqarisida turgan Nasri erlatib darvozaga yo'lladi - 1:2.
67. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. SAMIR NASRI 1:2.
65. O'zgarish. "Uigan".
Makikran o'rniga Roxer Espinoza maydonga tushdi
63. Xavfli vaziyat! Darvzoa ustuni qutqardi. Klishining pasidan so'ng Jekoning boshi bilan yo'llagan zarbasi ustunga tegib qaytdi!
62.
Richards o'ng qanotdan oldinga o'tdi va jarima maydoni ichiga kirib bordi. Markazga uzatilgan to'pni himoyachilar osonlik bilan qaytarib yuborishdi
61.
Xavi Garsiya juda jahldor! To'p maydonni aynan undan tark etganini ko'rsatgan yon hakamga shunday baqirdiki! Tinchlan Xavi...
59.
Agueroning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi
58. O'zgarish. "Uigan".
Makmanaman o'rniga Jeyms Makklin maydonga tushdi
54. Xavfli vaziyat!
Milner raqib jarima maydoni ichiga kirib bordi va to'pni darvozaga paralell ravishda yo'lladi. Zarba beradigan futbolchi topilgani yo'q.
53. O'zgarishlar. "Siti".
Xesus Navas, Yaya Ture, Negredo o'rniga maydonga Jeko, Silva va Milner tushishdi
50. Pellegrini bunday o'yindan umuman qoniqayotgani yo'q. Nimadir qilish kerak
49. Ogohlantirish.
"Siti". Yaya Ture
47. Ana bo'lmasam! Makarturning chap qanotdan oshirib bergan to'pini Perch darvozaga to'g'rilab qo'ydi - 0:2.
47. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. 0:2 JEYMS PERCH!
46. O'zgarish. "Uigan".
Makken o'rniga Leon Barnett tushdi
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha 0:1. Tanaffus

44. Makken jarohat oldi, futbolchiga shifokorlar yordam berishdi va u o'yinni davom ettirdi
41. Makmanaman maydon markazida raqib futbolchilari tomonidan keskin qarshi olindi. Kichik janjal bo'lishiga bir bahya qoldi. Hakam voqea joyiga etib keldi va vaziyatni yumshatdi
40. Negredoni Fortyun yiqitdi. Bosh hakam bu safar ham "Uigan" futbolchisini ayadi.
38. Makichran maydon markazida Garsiyani qo'li bilan to'xtatib qoldi. Entoni Teylor bu vaziyatda mehmonlar futbolchisini og'izaki tarzda ogohlantirdi.
34. Ture to'pni Agueroga oshirdi, ammo to'pga Karson tezroq etib keldi.
33. Ogohlantirish. "
Siti". Samir Nasri. Hakamga gap qaytargani uchun
32. Makmanaman chap qanotdan oldinga o'tdi. Biroq tajribali himoyachilar to'pni olib qo'yishdi
30. Navas o'ng qanotdan jarima maydoniga to'p uzatdi, mehmonlar to'pni qaytarishdi. Bu faqat boshlanishi xolos. Bunday to'p uzatishlar hali ko'p bo'ladi
27. Gomes "nuqtadan" adashmadi - 0:1. Uchrashuvda ikkinchi planda o'ynayotgan "Uigan" hisobni ochdi

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. JORDI GOMES 0:1
26. Fortyun raqib jarima maydoni ichida Demichelis tomonidan yiqitildi. Hakam 11 metrli jarima to'pini ko'rsatdi
22.
Manuel Pellegrini maydon chetida asabiylashmoqda. Unga o'yin yoqmayapti
20. Ture to'pni Agueroga oshirdi. Argentinalik futbolchi to'pni ko'p o'zida saqlab qoldi, Kreyni undan to'pni olib qo'ydi.
18. Samir Nasri burchak to'pini amalga oshirdi, to'p yaqin ustun tomon oshirildi. To'pni himoyachilar qaytarishdi
15. Aguero chap qanotda Boysni aldab o'tib Klishining yo'liga to'p uzatdi. Gael to'pni Alvaro Negredoga uzatishga urindi. "Uigan" himoyachilari o'z o'rinlarida yaxshi harakat qilishdi.
14. Mana "Uigan"ning hujumi. Biroq Gomes o'ng qanotda ofsaydda qolib ketdi.
12. Mezbonlar ancha faol o'ynashmoqda, mehmonlar hozircha himoyalanishmoqda
11. Yaya Turening ajoyib pasi, Alvaro Negredo mehmonlar darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi.Ammo ispaniyalik hujumchi yana bir bor o'yindan tashqari holatga tushib qoldi.
10. Nasri to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi, Richards to'pni qabul qilayotganida qo'li bilan o'ynadi, hakamlarni buni ko'rishdi.
8. Xesus Navas Makichranni ortda qoldirib o'ng qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi. Serxio Aguero unga eta olmadi, xavfli vaziyat edi!
7.  Alvaro Negredo o'yindan tashqari holatda qolib ketdi
6. Aguero jarima maydoni yonida Boynni aldab o'tdi, biroq Makarturdan o'ta olmadi.
2. Ilk hujumni "Uigan" futbolchilari amalga oshirishdi. Jeyms Perchning zarbasini Richards qaytardi. To'p jarima maydoni tashqarisida turgan Makarturga bordi, uning yo'llagan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi!
21:07. UCHRASHUV BOSHLANDI
21:06. O'yin boshlanishi cho'zilib ketdi.
21:05. Xavi Garsiya ota bo'lgan ekan. Hozir futbolchi o'z farzandini maydonga olib chiqib barchaga namoyish etdi.
21:00.
Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda
20:55. Statistikaga etibor qilsak, “Uigan” uchun “Etixad”dagi o'yinlar og'ir o'tgan. Oxirgi 10ta o'yinda “Man Siti” o'z uyida 9 marta g'alaba qozongan. “Lattiks” bu erda “shaharliklar” darvozasiga ketma-ket 7ta o'yinda gol ura olmagan.
20:30.
Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'ldi.
- Uchrashuv soat 21:05da boshlanadi


Manchester Siti – Uigan
9 mart, 21.05, Etixad Stedium

Gollar: 0:1 – 27, penalti Jordi Gomes,  0:2 – 47 Perch,  1:2 – 68 Nasri.
Manchester Siti
– Pantilimon, Richards, Demichelis, Leskott, Klishi, Yaya Ture (Silva, 53), Xavi Garsiya, Navas (Djeko, 53), Nasri, Aguero, Negredo.
Uigan
– Karson, Perch, Kreyni, Ramis, Boys, Jordi Gomes, Makikran (Espinoza, 66), Makartur, Kr. Makkenn (Barnett, 46), K. Makmanaman (Makkleyn, 58), Fortyune.
Ogohlantirishlar:
Nasri (34), Yaya Ture (48), Barnett (69).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика