Angliya chempionati. “Gollar shousi”da “Liverpul” g'olib chiqdi + FOTO
23 sen 2017 23:25
Yangiliklar
Angliya chempionati. “Gollar shousi”da “Liverpul” g'olib chiqdi + FOTO
Klopp shogirdlari birinchi bo'limning birinchi yarmiga kelib mezbonlar darvozasini ikki bor ishg'ol etishgach, ko'pchilik ularni osonlik bilan g'alaba qozonishini taxmin qila boshlagandi. Ammo bo'lim so'nggida Okadzaki hisobni qisqartirdi. Ikkinchi bo'limda tezkor qarshi hujumdan keyin Xenderson yana oradagi farqni ikkita to'pga oshirdi. Ammo bu goldan bir daqiqa o'tar-o'tmas Vardi hisobni qisqartirdi. Sal o'tgach, Minole z jarima maydonchasi ichida aynan Vardiga qo'pollik ishlatgach, hakam mehmonlar darvozasiga 11-metrlik jarima zarbasini belgiladi. Vardi tomonidan yo'llangan kuchli zarba yo'nalishini Minola topa oldi.
Natijada turning markaziy o'yinida “Liverpul” safarda uchta gol urib, uch ochko bilan qaytadigan bo'ldi.
APL, 6-tur.
“Lester” – “Liverpul” 2:3
Gollar: 0:1 – 15 Salax, 0:2 – 23 Koutino, 1:2 – 45 Okadzaki, 1:3 – 68 Xenderson, 2:3 – 69 Vardi.
Lester – SHmeyxel, Morgan, CHiluell, Simpson, Maguayr, Marez (Grey, 61), Ndidi, King, Olbrayton, Okadzaki (Ixeanacho, 74), Vardi.
Liverpul – Minole, Matip, Moreno, Gomes, Lovren, Koutino, Djan (Milner, 75), Firmino (Starridj, 64), Veynaldum, Salax, Xenderson.
Ogohlantirish:Olbrayton (17), Ndidi (22), Matip (45), Lovren (56), Minole (72).
Fikrlar