So’nggi yangiliklar

21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  0 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  2 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  4 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  16 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  10 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0

Angliya. 31-tur. "Kardiff" va "Liverpul" o'yinida 9ta gol urildi Yangiliklar

Angliya. 31-tur. "Kardiff" va "Liverpul" o'yinida 9ta gol urildi

Angliya premer-ligasining 31-turida "Liverpul" safarda "Kardiff" mehmoni bo'ldi.
                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                         YANGILASH

Ushbu sahifada o'yin boshlangach matnli translyaciyani kuzatib borish mumkin.


O'yin boshlandi. 4-daqiqada Kim Bo Kyunning amalga oshirgan jarima to'pini Simon Minole maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 10-daqiqada maydon egalari hisobni ochishdi! Freyzer Kempbell o'ng qanotdan to'pni Jordan Matchga oshirdi, futbolchi Simon Minole qo'riqlayotgan darvozaning pastki burchagini aniq nishonga oldi - 1:0.

16-daqiqada Glen Jonsonning to'p uzatishidan so'ng Luis Suares hisobni tenglashtirdi - 1:1.

25-daqiqada Kempbell to'pni o'ng qanotdagi Matchdan qabul qilib oldi, jarima maydoni ichiga kirib borib "Liverpul" darvozsining pastki burchagini nishonga oldi - 2:1.

30-daqiqada Koutino jarima maydoni tashqarisidan darvozaga zarba berdi, to'p ancha noaniq ketdi.

33-daqiqada Fabioning zarbasi yo'liga SHkrtel to'g'anoq bo'ldi.

41-daqiqada hisob tenglashdi. Filippe Koutino o'ng qanotda to'pni egallab oldi va jarima maydoni ichiga havolatib uzatdi, Martin SHkrtel bir harakat bilan darvozani ishg'ol qildi - 2:2.

44-daqiqada Suares va Koutino ketma-ket burchak to'pini amalga oshirishdi, samarasiz.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 49-daqiqada Bellami burchak to'pini amalga oshirdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi.

54-daqiqada SHkrtel dublini rasmiylashtirdi! Koutinoning burchakdan oshirib bergan to'pini SHkrtel darvozaga yo'lladi - 2:3.

60-daqiqada endi Suares dublga erishdi. Starrijning chiroyli pasidan so'ng Suares gol urdi - 2:4!

69-daqiqada Jerrard jarima to'pini amalga oshirdi, uning yo'llagan zarbasi darvozaga aniq borgani yo'q.

75-daqiqada endi Starrij gol urdi! Suares to'p bilan oldinga bordi va ikki himoyachini chalg'itib sheriga to'pni oshirdi, Danieel bunday imkoniyatdan unumli foydalandi - 2:5.

83-daqiqada Jerrardning uzatib bergan to'pini Suares boshi bilan darvozaga yo'lladi, bu safar noaniq.

88-daqiqada Kenuayn Jonsning pasidan so'ng Match o'yindagi o'zining ikkinchi golini urdi - 3:5.

90+6-daqiqada Suares xet-trik qayd etdi - 3:6! Bahs aynan mana shu hisob bilan tugadi.

Kardiff – Liverpul 3:6
22 mart, 20.00, Kardiff Siti Stedium
Gollar:
1:0 – 9 Match,  1:1 – 16 Suares,  2:1 – 25 F. Kempbell,  2:2 – 41 SHkrtel,  2:3 – 54 SHkrtel,  2:4 – 60 Suares,  2:5 – 75 Starrij,  3:5 – 88 Match,  3:6 – 90+6 Suares.
Kardiff – Marshall, Fabio, Teofil-Katrin, Kala, Kolker, Djon (Deli, 65), Kim Bo Gen (Zaa, 65), Medel, Match, Bellami (Ken. Djons, 70), F. Kempbell.
Liverpul – Minole, Jonson, SHkrtel, Agger, Flanagan (A. Sissoko, 73), Allen, Jerrard, Xenderson, Koutino (Sterling, 68), Starrij (Sako, 90), Suares.
Ogohlantirishlar: Jerrard (2), Kala (33), Fabio (50), SHkrtel (90), Allen (90).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика