So’nggi yangiliklar

19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  0 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  4 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  7 18:28Про лига. Икки киши майдондан четлатилган ўйинда "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  0 18:15Скоулз МЮнинг ёзги трансфер кампаниясини қоралади  2 17:48Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади  13 17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  16 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  2 15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  9 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  3 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  3 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  11 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  20

Angliya. 29-tur. "Manchester Yunayted" safarda yirik g'alabaga erishdi Yangiliklar

Angliya. 29-tur. "Manchester Yunayted" safarda yirik g'alabaga erishdi

Ushbu sahifa orqali "Vest Bromvich" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.

Vest Bromvich – Manchester Yunayted 0:3
8 mart, 17.45, Xotorns
Gollar
: 0:1 – 34 Jons,  0:2 – 65 Runi,  0:3 – 82 Uelbek.
Vest Bromvich – B. Foster, Rid (Sessenon, 61), Makoli, Olsson, Rijuell, Mulumbu, Yakob (Morrison, 40), Amalfitano, Gera, Brant (Beraxino, 66), Anichebe.
Manchester Yunayted – De Xea, Rafael (Vidich, 87), Smolling, Jons, Evra, Fellayni, Kerrik, Mata, Runi, Yanuzay (Kagava, 76), van Persi (Uelbek, 63).
Ogohlantirishlar: Yanuzay (13), van Persi (50), Anichebe (90).


                                       Matnli translyaciya
                                             YANGILASH

O'YIN TUGADI. "Manchester Yunayted" safarda yirik g'alabaga erishdi. Bizni kuzatib borgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz



90+2 daqiqa.
Runi chamasi 35 metrlardan darvozaga zarba berdi, Foster to'pni qaytardi
90 daqiqa. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi
89 daqiqa. Ogohlantirish.
"Vest Bromvich". Anichebe
87 daqiqa. O'zgarish.
MYU. Rafael o'rniga Vidich maydonga tushdi
84 daqiqa.
Maydon egalari endi mag'lubiyatni qabul qilishdi shekilli...
83 daqiqa. Runi tomonidan oshirib berigan to'pni Uelbek darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib darvozaga yo'lladi - 0:3.
82 daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. 0:3. Denni Uelbek!
80 daqiqa.
"Vest Bromvich" gol urishga yaqin kelmoqda. Beraxinoning zarbasi yo'liga Rafael tashlandi
79 daqiqa.
Yana bir bor Anichebe zarba berdi, to'p anchagina noaniq ketdi
78 daqiqa.
Mezbonlar yana bir bor jarima to'pini amalga oshirishdi. Oshirib berilgan to'pni Anichebe boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq.
76 daqiqa.
Kagava Uelbek ijrosida hujum tashkil qilindi, to'p uzatish noaniq chiqdi
75 daqiqa. O'zgarish.
MYU. Yanuzay o'rniga Kagava maydonga tushdi
71 daqiqa.
"Vest Bromvich" katta kuch bilan hujumga o'tmoqda
68 daqiqa.
Javob hujumi. Beraxino tomonidan yo'llangan zarba noaniq ketdi
65 daqiqa. O'ng qanotdan Rafael tomonidan uzatib berilgan to'pni Runi boshi bilan darvozaga yo'lladi. Bu Ueynning MYU tarkibida urgan 210-goli bo'ldi.
65 daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOL. 0:2. Ueyn Runi!
64 daqiqa.
O'yin surati ancha past, jamoalar tez harakat qilishmayapti
63 daqiqa. O'zgarish.
MYU. Van Persi o'rniga Uelbek maydonga tushdi
62 daqiqa.
Runi va Brant to'qnashib ketishdi. Mezbonlar vakiliga shifokorlar yordam ko'rsatishdi
59 daqiqa. O'zgarish.
"Vest Bromvich". Stiven Rid o'rniga Sessenon tushdi
58 daqiqa.
Avval Fellayni, so'ngra Rafaelning zarbasi noaniq ketdi
56 daqiqa. Xavfli vaziyat! "Vest Bromvich"ning hujumi. Anichebening zarbasidan so'ng Mata to'pni qaytarib yubordi!
53 daqiqa.
van Persi raqib jarima maydoni yonida Ridni yiqitdi, bir necha daqiqa oldin sariq kartochka olgan futbolchiga bosh hakam yana sariq berishni istamadi
52 daqiqa.
Mehmonlar hujumkorlikni oshirishmoqda.
51 daqiqa. Xavfli vaziyat! Zoltan Gera yaqin masofadan to'pni darvozaga yo'lladi, de Xea to'pni qaytardi
48 daqiqa. Ogohlantirish.
MYU. van Persi
47 daqiqa.
Robin van Persi jarima to'pini amalga oshirdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi
46 daqiqa.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.



Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha 0:1. Tanaffus
45+2 daqiqa.
Mezbonlar jarima to'pini amalga oshirishdi. Olsson hujumda Jonsga nisbatan qo'pol o'ynadi
45 daqiqa.
Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi
43 daqiqa.
Van Persi to'pni Mataga uzatdi, himoyachilar Xuanga imkon berishmadi
41 daqiqa.
Foster sal qolsa jamoasiga pand berishi mumkin edi. To'pni qaytaraman deb jarima maydoni tashqarisidan qo'li bilan o'ynab yubordi. Hakamlar buni ko'rishmadi
39 daqiqa.
Anichebe jarima maydoni ichida darvozaga zarba berdi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi
38 daqiqa .
O'zgarish. "Vest Bromvich". Yakob o'rniga Morrison tushdi
38 daqiqa.
Fellayni Yakobning soniga o'z butsalari bilan iz qoldirdi. Yakob o'yinni davom ettira olmaydi
37 daqiqa.
Brant tomonidan uzatilgan to'pni Olsson boshi bilan darvozaga yo'lladi, Yakob to'p yo'nalishini o'zgartirdi. Noaniq
36 daqiqa.
Mezbonlar chap qanotdan ko'proq hujum tashkil qilishmoqda. Hozir burchak to'piga ega bo'lishdi
33 daqiqa. Robin van Persi tomonidan amalga oshirilgan jarima to'pidan so'ng Fil Jons boshi bilan gol urdi - 0:1.
32 daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. 0:1. Fil Jons
30 daqiqa.
"Vest Bromvich" vakillari jarima to'pidan unumli foydalana olishmadi
28 daqiqa. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan jarima maydoniga uzatilgan to'pni o'ng qanot himoyachisi Rafael boshi bilan darvozaga yo'lladi, Foster qiyinchilik bilan bo'lsa ham to'pni qaytarib yubordi!
27 daqiqa.
Qanotda oshirib berilgan to'pni Amalfitano boshi bilan darvozaga yo'lladi, De Xea o'z o'rnida
26 daqiqa.
Mata chamasi 25 metrlardan belgilangan jarima to'pini amalga oshirdi, bu vaziyatda Evra o'yindan tashqari holatda qolib ketdi
25 daqiqa.
Brant tashkil etilgan hujumni jarima maydoni ichida yakunlashga urindi, uning yo'llagan zarbasini Rafael qaytara oldi



22 daqiqa.
Olsson o'ng qanotdan to'pni MYU jarima maydoni ichiga uzatdi, biroq bu to'p hech kimga nasib qilmadi
20 daqiqa.
Mezbonlarning hujumi, Geraning zarbasidan so'ng De Xea to'pni egallab oldi
18 daqiqa.
Maydon markazida Mata qo'pollik bilan to'xtatildi
15 daqiqa. Xavfli vaziyat! MYU uch marta burchak to'pini amalga oshirdi. Uchinchisida Fellayni to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvoza chizig'ida turgan Mulumbu to'pni qaytardi!
12 daqiqa.
Mataning ajoyib pasidan so'ng Yanuzay to'pni qo'li bilan o'ynab yubordi, hakam buni juda yaxshi ko'rib turgandi
12 daqiqa. Ogohlantirish.
MYU. Yanuzay
11 daqiqa. Anichebe! Hujumchi darvozaga yaqinlashib bordi va jarima maydoni ichida ikki himoyachi tomonidan "kutib olindi".
10 daqiqa.
Yanuzay chap qanotdan oldinga o'tdi. Himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Jarima maydoni ichiga uzatilgan to'pni Fellayni darvozaga yo'llay olmadi.
9 daqiqa.
MYU hozircha to'pni olib qo'ya olmayapti, to'p ularda bo'lganida tezkor hujumga o'tishga intilishmoqda
7 daqiqa.
Maydon egalari chap qanotdan hujum qilishdi, noaniq to'p uzatilishi tufayli hujum uzilib qoldi
4 daqiqa.
Ben Foster to'pni tepib yuborishda xatoga yo'l qo'ydi, burchak to'pini Mata amalga oshirdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi
3 daqiqa.
O'yinni "Bromvich" ancha hujumkor tarzda boshladi. Hozir mehmonlar himoyachilari ancha ter to'kishdi va bir amallab to'pni qaytarib yuborishdi
2 daqiqa.
Jarima to'pidan so'ng himoyachilar xavfni bartraf etishdi.
1 daqiqa.
Mezbonlar chap qanotdan hujum tashkil qilishdi, Fellayni qoida buzishga majbur bo'ldi
17:45. O'YIN BOSHLANDI

17:44. Jamoalar va muxlislar vafot etgan sobiq futbolchi Stan Rikabini xotirlashdi
17:36. Uchrashuv boshlanishiga barchasi tayyor.
- Vest Bromvich – B. Foster, Rid, Makoli, Olsson, Ridjuell, Mulumbu, Yakob, Amalfitano, Gera, Brant, Anichebe.
- Manchester Yunayted – De Xea, Rafael, Smolling, Jons, Evra, Fellayni, Kerrik, Mata, Runi, Yanuzay, van Persi.
- Boshlang'ich tarkiblar malum bo'ldi.
- Uchrashuv soat 17:45da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика