So’nggi yangiliklar

17:35Суперлига. ОКМК - "Бунёдкор". Таркиблар маълум  1 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  2 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  0 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  1 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  1 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  4 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  9 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  1

Andrey SHipilov: "Hakamlar nimaga bunday qilishdi va bunga kim javob beradi?" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Hakamlar nimaga bunday qilishdi va bunga kim javob beradi?"

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Andrey SHipilov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




O'yin haqida

"Lokomotiv" bilan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. CHunki bugun qiyin o'yin bo'lishini kutgandik. "Loko" har doim kuchli bo'lgan va shunday bo'lib qoladi.

"Lokomotiv"da 38-daqiqada qulay vaziyat yuzaga keldi va bundan foydalana oldi.

Negadir, hujumchilarimiz ko'p vaziyatlarda o'yindan tashqari holatda qolib ketishyapti. Ikkinchi bo'limda o'z o'yinimizni ko'rsata oldik va gollar urdik, biroq yana keraksiz golni o'tkazib yubordik.

Nega 4 daqiqa qo'shilganini tushunmadim, juda ko'p to'xtalishlar bo'ldi, shuncha o'zgarishlar bo'ldi. O'ynagani berishlari kerak edi. Hakamlar nimaga bunday qilishdi va bunga kim javob beradi?

Menimcha, durang adolatli natija bo'ldi va futbolchilarimizga etiroz yo'q.

"Lokomotiv"ning o'yin uslubi o'zgarganmi? Nima deb o'ylaysiz?

Temur Kapadze kelganidan so'ng barchasi o'z joyiga tushdi.

Nega Kamoliddin Tojiev maydonga tushmadi?

CHunki unda 4 ta sariq kartochka bor edi, shu sababli o'yinni o'tkazib yubordi. Agar diskvalifikaciya bo'lmaganida, maydonga tushgan bo'lardi, menga Tojievning yoshi muhim emas, uning o'yiniga qarang.

Har 3-4 kunda bitta o'yin o'tayotgani jamoaning jismoniy holatiga qanchalik tasir ko'rsatyapti?

O'ylashimcha, bu fojia emas. Asosiy muammo – tig'iz taqvim vaqtida 10 kunlab "pauzalar" kuzatilishi. Bu haqiqiy muammo. Futbolchilar mashg'ulot qilishyaptimi, o'yinga tushishyaptimi, boshqa muammo kuzatilmaydi deb o'ylayman.

Salamat Qutiboevning jamoadagi o'rni qanday?

U jamoa etakchilaridan biri. Salamatni anchadan beri bilaman, u sifatli futbolchi.

"Metallurg" jamoasi kuchli jamoalarga qarshi o'yinda yutadi yoki durang o'ynaydi, autsayderlarga qarshi o'ynashga qiynaladi.

Etibor bergan bo'lsangiz, "Andijon" va "Buxoro" bilan o'yinlarda yaxshi natija ko'rsatganmiz, o'sha paytda ular autsayder hisoblanishardi. Demak, biz autsayderlar bilan yomon o'ynaymiz deb bo'lmaydi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика