So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Andrey SHipilov: "Durang adolatli natija" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Durang adolatli natija"

Superliganing 1-turidan o'rin olgan AGMK - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin qiziqarli va keskin o'tdi. Ikkala jamoa ham g'alabaga loyiq edi. Raqib tarkibi juda kuchli, biz ham yaxshi o'ynashga urindik. Menimcha natija adolatli.

Bugun "Metallurg" safida Aleksandr Lobanov yaxshi harakat qildi. Bundan tashqari qanot vakillari Toshqo'ziev va Toshpo'latov katta hajmdagi ishni bajarishdi. Ikkinchi taymda butun jamoam yaxshi o'ynadi. Ubaydullaevda 2-3ta qulay imkoniyat bo'ldi. Ikkinchi bo'limda bizda yaxshiroq ko'proq imkoniyat bo'ldi.

Maydonga keragidan ko'p qum to'kilganini ko'rdik. Aynan shu bois Akbar Ismatullaev jarohat oldi. Ikkala ham jamoa ham 75 foiz kuchini namoyish etdi.

Nima uchun Zohid Abdullaev jamoadan ketib yana qaytdi? Muzaffarovda oilaviy muammolar paydo bo'ldi va u bilan xayrlashdik. Abdullaev bilan uzoq suhbat bo'ldi va u bilan xayrlashish og'ir bo'lgandi. Rahbariyat yordami bilan Abdullaevni baribir jamoaga qaytardik.

Klubda uch yildan buyon ishlab kelayapman, Toshpo'latovni ikki yil davomida o'z jamoamizga olib kelish uchun harakat qildik, ammo faqat bu yil bunga erishdik. Toshqo'ziev 1998 yilda tug'ilgan yosh futbolchi, unga imkoniyat berish kerak edi. Yoshlarga sekin asta ko'proq imkoniyat berib boraveramiz. Yangi futbolchilarning jamoaga qo'shilib ketishlari uchun vaqt kerak bo'ladi", - deydi Andrey SHipilov.


Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика