So’nggi yangiliklar

11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  0 10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  0 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  1 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  2 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  8 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5

Andrey Miklyaev: "Islom To'xtaxo'jaevning ogohlantirish olgani yaxshi bo'lmadi" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Islom To'xtaxo'jaevning ogohlantirish olgani yaxshi bo'lmadi"

Bugun "Lokomotiv" oliy liganing 20-tur qoldirilgan uchrashuvida Muborakning "Mashal" jamoasi mehmoni bo'ldi va o'yinda javobsiz 4 ta gol kiritgan holda, navbatdagi 3 ochkosiga ega chiqdi.


Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o'tdi: 

- Uchrashuvni g'alaba bilan yakunlaganimizdan xursandman. O'yin avvalida bir nechta qulay imkoniyatlarni golga aylantira olmaganimizdan xavotirga tusha boshlagandim. Lekin ko'p o'tmay raqib darvozasi ishg'ol etildi va natijada “Mashal” oldinga o'tishga majbur bo'ldi. Biz esa raqibning “ochilgani”dan foydalanib yana 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldik. Bugun shogirdlarim ko'rsatgan o'yindan mamnun bo'ldim. Ularga chiroyli g'alaba uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. 

Aslida bugun ilk daqiqalardan Nemanya Yanichich maydonga tushishi kerak edi. Biroq o'yin oldidan o'tkazilgan chigalyozdi mashqlari jarayonida u o'zini yaxshi his qilmayotganini bildirdi. Natijada Islom To'xtaho'jaev uning o'rnida harakat qildi. Biroq Islom ham kerak bo'lmagan joyda sariq kartochka ishlab oldi. Bu esa uning keyingi o'yinni o'tkazib yuborishini anglatadi. Oldinda bizni juda masuliyatli uchrashuvlar kutayotganini inobatga olganda, bunday yo'qotishning bizga aslo keragi yo'q edi, - deydi mutaxassis.


Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика