So’nggi yangiliklar

16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  1 16:08Саудия Арабистони Суперкубоги ярим финали: "Ал Насср" – "Ал Иттиҳод". Таркиблар аниқ!  2 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  0 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  2 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  7 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0

Andrey Miklyaev: "Guruhdan chiqa olsak chorak finalga etib bora olamiz" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Guruhdan chiqa olsak chorak finalga etib bora olamiz"

Ertaga, 9 may kuni Osiyo chempionlar ligasining "A" guruhi, 6-turidan o'rin olgan "Al Ahli" (Dubay) - "Lokomotiv" (Toshkent) uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Ayni paytda "Lokomotiv" vakillari Dubayda bo'lib turishibdi. Bugun o'yindan oldingi matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida dastlab "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev va himoyachi Muhammad Kone savollarga javob qaytarishdi.

Andrey Miklyaev: - Ertaga ikkala jamoani ham qiziqarli va muhim bahs kutmoqda. Ertangi o'yinda bizning guruhdan chiqishimiz hal bo'ladi. Buning uchun esa faqat g'alaba qozonishimiz shart. Raqibimiz "Al Ahli"ni durang ham qoniqtiradi. O'ylaymanki, ertangi bellashuvda jamoamiz chiroyli o'yin ko'rsatgan holda g'alaba qozonadi va guruhdan chiqadi.

Jamoamiz oldiga bu yil CHempionlar ligasida qo'yilgan vazifa - avvalo guruhdan chiqish. Biz o'tgan yil chorak finalga qadar etib borgandik, o'ylaymanki, guruhdan chiqsak bu yil ham shu natijani takrorlay olamiz. OCHLda har bir o'yin bosim ostida o'tadi va ertangi uchrashuv ham bundan xoli emas. Safimizda 20 nafar yaxshi futbolchi bor va ular bir-birlarining o'rnini to'ldira olishadi.

Muhammad Kone: - Bosh murabbiy aytib o'tganidek, ertaga faqat g'alabani ko'zlab harakat qilamiz. Bizga bu o'yindagi yutuq juda zarur. Buning uchun havoning juda issiqligi ham tasir o'tkazmasligi kerak. "Al Ahli" kuchli jamoa, lekin ularni Toshkentda mag'lub etganmiz. Ertaga ham shu natijani takrorlashga harakat qilamiz.
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика