So’nggi yangiliklar

00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7

Andrey Fyodorov: "Umid qilamanki, keyinchalik chiroyli o'yin ko'rsatish uchun ajoyib qadam tashladik" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Umid qilamanki, keyinchalik chiroyli o'yin ko'rsatish uchun ajoyib qadam tashladik"

"Lokomotiv" - "Navbahor" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Natijadan mamnunman. Birinchi turdagi mag'lubiyatdan keyin ruhiy holatimizni biroz tiklab oldik. SHu boisdan ikkinchi bo'limda o'zimiz kutgan o'yinni oz bo'lsa-da ko'rsata oldik. Birinchi bo'limda esa barchasi biz o'ylagandek bo'lmadi. Ammo shuni ayta olamanki, raqiblar emas, biz o'z vazifalarimizni o'zimiz qiyinlashtirdik. Ikkinchi bo'limda gol urganimizdan keyin ishimiz biroz osonlashdi. Oldindagi muhim o'yinlar bor. Bugun kerakli bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdik. Umid qilamanki, keyinchalik chiroyli o'yin ko'rsatish uchun ajoyib qadam tashladik.

Anzur Ismoilov qanchalik mahoratli himoyachi ekanligini yaxshi bilasiz. U yaqinda termadan keldi. Milliy jamoada o'yin biroz boshqacharoq, himoyalanish uslubi boshqacharoq. Bu erdagi o'yin esa termadagidan keskin farq qiladi. SHu faktorlarni ham hisobga olish kerak. Javohir Ilyosovni ham ko'pchilik yaxshi biladi. Biz uning mahoratiga shubxa qilmayotganimiz uchun asosiy tarkibda tushuryapmiz. Umid qilamanki, Javohir ham bizning tempga moslashib ketadi.

Timurxo'ja Abduxoliqov: - Avvalambor, "Navbahor" jamoasini tabriklayman. Ular juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. CHempionat doirasida o'z maydonimizda har doim ham bunday tempdagi o'yinlar kamdan kam bo'ladi. Jamoaning o'yini anchagina shakllangan. Birinchi bo'limda ular bizni qiyin ahvolga solib qo'yishdi. "Navbahor"ga omad tilayman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика