So’nggi yangiliklar

09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  4 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  2 08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  0 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  1 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  12 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  6 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  4 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  5 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  107 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  6 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8

Andrey Fyodorov: "Neftchi"ni finalda jiddiy raqib kutayapti" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Neftchi"ni finalda jiddiy raqib kutayapti"

6 fevral kuni “Neftchi” SK stadionida “Hokim kubogi” final bahsi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

O'yin oldi anjumanining ilk qismida “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Fyodorov ishtirok etdi.

- “Hokim kubogi” turniri bizning yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonimizning bir qismi hisoblanadi, - deb gap boshladi Andrey Vitalevich – Turnir davomida juda ko'p o'yin o'tkazdik. Ammo uchrashuv kunlarining bir-biriga yaqinligi futbolchilarga salbiy tasir qilmadi deb o'ylayman.To'g'ri, o'tgan bahslar davomida jarohatlar bo'ldi. Biroq buni havotir oladigan joyi yo'q. Final haqida gapiradigan bo'lsam, haqiqat ham “Neftchi”ni jiddiy o'yin kutyapti.

- Boshlang'ich tarkib borasida nima deysiz?  
- O'yinga kim xar taraflama tayyor bo'lsa o'sha asosiy tarkibda tushadi. Jamoa shifokorlari bilan gaplashaman. O'yinchilarning holati borasida ular bilan maslahatlashaman. Qaysi futbolchilar ham ruxan ham jismonan finalga tayyor bo'lsa, o'sha o'yinchilar “Qizilqum”ga qarshi maydonga chiqadi.



- Hujumchi masalasi nima bo'ldi? Fikrimizcha, “Neftchi”ga yaxshi bir hujumchi kerak...
- Xar bir murabbiy o'z tarkibida kuchli futbolchilar o'ynashini istaydi. SHu qatori men ham. Lekin qaysidir futbolchi bilan muzokara olib borib, uni klubga olib kelish oson ish emas. Gap selekciya haqda ketyapti. OCHLda o'ynaydigan klublarimizda bu borada muammo yo'q. CHunki xar bir o'yinchi xalqaro maydonda to'p tepishni istaydi. Fikrimcha, hozirgi “Neftchi”ning hujumchilari ham yomon emas. Men ularning o'yinini diqqat bilan kuzatyapman. Jamoamiz uchrashuvlar davomida gol kiritish uchun ko'plab imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda. Biroq vaziyatlardan foydalana olmaslik borasida oqsayapmiz. Hujumchilarimiz bilan bu borada ishlayapmiz. Ochig'ini aytaman, bu yil ko'proq maxalliy hujumchilarga imkoniyat beraman. Selekciya esa davom etadi. Mavsum boshlanguncha, yana tarkibda o'zgarishlari bo'lishi mumkin.

- “Qizilqum” jamoasi haqida nima deysiz?
- Yaxshi jamoa. 3-4 ta o'yinlarini ko'rdim. Tarkibida jismonan kuchli futbolchilar ko'p. Taktik jihatdan ham yaxshi shakllangan raqib.

- Umid Qodirov bir paytlar hujum chizig'ida o'ynardi. O'z vaqtida to'purar ham bo'lgan. Lekin “Neftchi”ga kelib Qodirov yarim himoyada o'ynayapti. Balki uni ham oldingi chizig'da sinab ko'rarsiz...
- Men Umidni yarim himoyachi sifatida bilaman. Klubga kelganimdan buyon uni hujumchi bo'lgani haqida endi eshitishim. Murod Ismoilov bilan ishlab yurgan kezlarimiz Umid Qodirovni ko'proq mazkur poziciyada foyda berishiga amin bo'lgan holda uni shu chizig'da maydonga tushirardik. Umid iqtidorli yigit. Agar u o'z ustida ishlashda davom etsa, Qodirov mamlakatimizdagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri bo'ladi.



- Deyarli har bir o'yinda darvozabon almashmoqda. Aytingchi, bu yil Abdumavlon Abdujalilov va O'tkir Yusupovdan qaysi biri asosiy darvozabon bo'ladi ?
- Bu hali ham ochiq savol bo'lib turibdi. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Ochig'i, bu masalani darvozabonlar murabbiyi hal etadi. Yana bir masala. Bizda Sergey Smorodin ismli darvozabon borligi ham unutmang. Sergey yaxshi darvozabon deb o'ylayman. Bu yil asosiy posbon bo'lishga u ham bemalol raqobat qila oladi. Mana o'tgan yili Evgeniy CHeremesin mavsum oldi o'yinlarda biroz ishonchsiz haraqat qildi. So'ng tanqid ham qilindi. Mavsum boshlangandan keyin Jenya nafaqat “Neftchi”ning balki butun chempionatdagi eng yaxshi darvozabonga aylandi. Mavsumga tayyorgarlik jarayonida o'yinchilarga to'liq baho berish qiyin. Aksariyat futbolchilar mavsum boshlansa “ochiladi”, - deb fikrlarini yakunladi Andrey Fyodorov.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика