So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Andrey Fyodorov: "Namanganda ajoyib o'yin bo'ladi" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Namanganda ajoyib o'yin bo'ladi"

Superliganing 1-turi doirasida "Andijon"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Barchani boshlangan yangi mavsum bilan tabriklayman. O'yin tugaganidan keyin kiyinish xonasida Yigitlarga faqatgina natija yoqqanini aytdim. Mavsum boshlanishidan oldin barcha jamoalar 1-turda yuqori kuch bilan tushishini kutgandim. Bugun ko'plab vaziyatlar yaratganimiz meni quvontirdi. O'yin sifatini yaxshilash borasida ko'plab ishlar olib borgandik. Jamoaning katta qismi o'zgargan. Ular hali jamoa tarzida shakllana olishmadi. SHu boisdan qo'lga kiritilgan qiyin g'alaba bilan ularni tabriklayman. Oldindagi katta mavsumni g'alaba bilan boshlaganimiz ularga katta ishtiyoq beradi.

- Jamoa "Istiqlol"ga qarshi o'yinda kichik hisobda yutqazdi. Bugun esa kichik hisobdagi g'alaba. Nima deb o'ylaysiz natija aldamchi bo'lishi mumkinmi?
- Men ham jamoaning o'yinlari bundan-da yaxshi bo'lishini istayman. Bu faqatgina 1-tur. Oldinda katta mavsum bizni kutib turibdi. Barcha o'yinlarni 2:1 hisobidagi g'alaba bilan yakunlashga ham yo'q demasdim.

- "Lokomotiv" birinchi taymda, "Andijon" esa ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadi. Yoki ikkinchi bo'limda "Lokomotiv" "Andijon"dan ko'ra yomon o'ynadi degan fikr to'g'rimi?
- "Lokomotiv" ikkinchi bo'limda "Andijon"dan ko'ra yomon o'ynamadi. 2:0dan keyin biz o'yinni qayta qurishni boshladik. Ikkinchi bo'limda yigitlarning oldiga qo'ygan maqsad o'zgardi va boshqacha taktikalarni ishlatdik. Raqibning golidan keyin esa natijani ushlab qolish uchun harakat qildik.

- "Lokomotiv"ning markazidagi futbolchilar kuchsizroq. Jamoa shu yarim himoyachilar bilan chempionlik uchun kurasha oladimi?
- Boshida aytganimdek, har qanday holatda ham biz chempionlik uchun kurashamiz. Men uchun eng yaxshi futbolchilar jamoamdagilar. Har doim ko'p narsa, yani, tayyorgarlik, o'yinning kayfiyati, ruxi raqibning saviyasiga bog'liq bo'ladi. Masalan, futbolchilarga ham boshqacha vazifalar topshiriladi. Jamoadagilarning imkoniyati yuqori. Mavsum davomida bundan unumli foydalanamiz.

- Kaxi Maxaradze markazda yaxshi o'yin ko'rsatardi. Nima uchun uni aynan markaziy himoyada o'ynatyapsiz?
- Kaxi jamoaning eng tajribali futbolchilardan biri. U hali o'zining yuqori jismoniy holatiga kira olmadi. U qaysi poziciya bo'lsa ham yuqori saviyada o'ynaydi. Hozircha u o'yinlarga to'liqligicha tayyor emas. U bilan bu borada ishlayapmiz.

- "Lokomotiv" kelasi turda "Navbahor" maydoniga safar uyushtiradi va o'yinda anshlag bo'lishi kutilmoqda. Ushbu o'yindan nimalarni kutyapsiz?
- "Navbahor"ga qarshi ajoyib o'yin bo'lishini kutyapman. So'nggi yillarda "Navbahor"da katta o'sish bo'ldi. Muxlislar esa jamoaga katta kuch bermoqda. Namangandagi o'yin muxlislarga katta zavq berishi aniq.


Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика