So’nggi yangiliklar

00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  0 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  5 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  22 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  27

Andrey Fyodorov: "Futbolni sxema emas, futbolchilar o'ynaydi" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Futbolni sxema emas, futbolchilar o'ynaydi"

Superliganing 24-turi doirasida "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuvdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Birinchidan biz uchun natija muhim edi. "Paxtakor"ga qarshi o'yinda futbolchilar lazzat oladigan o'yin ko'rsatishmadi. SHu boisdan murabbiylar shtabi bilan birgalikda futbolchilarni bu o'yinga ruhiy tomondan qattiq tayyorlashga harakat qildik. 

Futbol shunday o'yinki, barchamiz o'yin uchun shug'ullanamiz. Ammo natija faqatgina o'yindan keyingina keladi. Men bosh murabbiy etib tayinlanguncha "Lokomotiv"ning o'z o'yin uslubi bo'lgan. Aynan bugun "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishni istadik. O'z o'yinimizni o'ynasak, natija ham bo'ladi. Natija o'yin sifatidan ajralib turishi mumkin. Yigitlarga katta rahmat aytaman. 

Bugun, 23 sentyabr kuni biz yaxshi jamoa ekanligimizni ko'rsatdik. Ayrim vaziyatlarda ishlarimiz o'xshadi, bazida o'xshamadi. Ammo ko'rindiki, futbolchilar o'tgan kichik yomon davrni engib o'ta olishgan. Yana qaytaraman bizga 3 ochko kerak edi. "Lokomotiv" yo'l-yo'lakay reja tuzadigan jamoa emas. Endi o'yinimizni uchrashuvdan uchrashuvga yanada kuchaytiramiz.

3 himoyachi? Yashirmayman, "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyin o'yinimizni boshqatdan tashkil qilishni, 4 himoyachi bilan o'ynashni istadik. Bunga ilk sabab sifatida etakchi futbolchilarning jarohat olganini aytsa bo'ladi. O'yinga qanday sxemani tanlasangiz ham, 3 yoki 5 himoyachimi buning farqi yo'q. Futbolni futbolchi o'ynaydi. To'g'ri o'ynash kerak. Meni bosh murabbiy qilib tayinlashganidan keyin ham to'pni ko'proq nazorat qilishga intildik. Sxema - futbolchilarning joylashuvi. Qanday sxemada o'ynasak ham futbolchi maydonda o'zining eng yaxshi o'yinini, sifatlarini ko'rsatishi kerak.

Jamoaning futbolchilardan qarzi bormi degan savolga Andrey Fyodorov shunday javob berdi: "Yo'q, ayni damda moliyaviy tomondan hech qanday muammolar ham, futbolchilarning oldida qarzlar ham yo'q".

Oleg Zoteev: - Mavsumdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik. Bahsning tezligi anchagina katta bo'ldi. O'yin sifatli va yaxshi bo'lganini hakam kartochka bermaganidan ham bilsa bo'ladi.

Milliy termada Vitaliy Denisov bilan raqobat ko'rsatishi borasidagi savolga futbolchi shunday javob qaytardi: "Tarkibni men tanlamayman. Buni murabbiy hal qiladi. Mening vazifam o'yinda o'ynash va milliy termaga loyiq ekanligimni ko'rsatish.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика