So’nggi yangiliklar

16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  4 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  66 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  93 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  13

Andres Inestaning faoliyati raqamlarda Yangiliklar

Andres Inestaning faoliyati raqamlarda

Inestaning betakror istedodini butun dunyo qadrlaydi, lekin shunga qaramay negadir bu futbolchining iqtidori soyada qolgandek tuyuladi.

Andres ''Barselona'' o'yin uslubidagi muhim futbolchi hisoblanadi. Uning uchun ''buyuk futbolchi'' degan nom keyingi o'rinlarda turadi.

U ikki marotaba o'z jamoasi uchun juda muhim gol urgan. Dastavval qahramonimiz Pep Gvardiola davrida ''Barselona'' uchun juda ham ahamiyatli golni urgan.


Keyin esa uni Gollandiya termasiga qarshi JCH finalida urgan goli uchun butun Ispaniya qadrlagan.


O'tgan mavsum uning futboldagi yo'li yakuniga etayotgandek taassurot uyg'otgandek edi.  Uning xatto bazi uchrashuvlarda zaxirada qolgan paytlarida  shu narsa malum bo'ldiki, ''Barsa''ning o'yin sxemasi Andressiz umuman  boshqacha bo'lib qoladi.  Bu kabi vaziyatlarda bir narsa malum bo'ldi. Yani Inesta ''Barselona'' uchun alohida ahamiyat kasb etadigan futbolchi.   

Debyut
Andres Inesta ''Barsa'' tizimiga 1996 yili sentyabr oyida tashrif buyurdi. Uning jamoa uchun debyut bahsi 2002 yil 29 oktyabr sanasiga to'g'ri keldi. Bu bahs chempionlar ligasi 5-turining ''Bryugge''ga qarshi mehmondagi uchrashuvi edi. Bu o'yinda Inesta asosiy tarkibda maydonga tushib, 90 daqiqa harakat qildi. Bu paytda uning yoshi 18 yoshu 5 oylik va 10 kunlik edi.  


Mavsum
Hozirda Inesta ''Barsa'' uchun 16-mavsumini o'tkazmoqda. U o'zining 2002/03 yildagi debyut mavsumida jami 9 uchrashuv o'tkazdi. 6 bahs La liga doirasida, 3 uchrashuv esa CHempionlar ligasiga to'g'ri keldi.   

Birinchi gol
Andres ''Barselona''ning professional jamoasidagi dastlabki golini 2004 yil 14 yanvar kuni, Qirol kubogi doirasidagi ''Levante''ga qarshi javob uchrashuvida urdi. ''Kamp Nou'' stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda Inesta asosiy tarkibda maydonga tushdi va 4-daqiqadayoq to'p kiritdi. Uchrashuv esa 3:1 hisobida ''Barsa'' foydasiga hal bo'lgan edi.  


Sovrinlar
Inesta ''Barselona'' safida jami 30 ta sovrinni qo'lga kiritdi. Uning hisobida 8ta Ispaniya chempioanatidagi g'alaba, 4ta CHempionlar ligasi kubogi, 7ta Ispaniya superkubogi, 5ta mamlakat kubogi, 3ta UEFA superkubogi va shuncha bor klublar o'rtasidagi Jahon chempionati kubogi kabi sovrinlar mavjud. U Lionel Messi bilan birga jamoadagi eng sovrindor futbolchi hisoblanadi.

O'yinlar
Andres Inesta ''Barselona''tarkibida umumiy hisobda 640 uchrashuv o'tkazgan. SHundan 419tasi chempionat bahslariga, 126tasi chempionlar ligasiga, 3tasi UEFA kubogiga, 68tasi Qirol kubogiga, 14tasi Ispaniya superkubogiga, 7tasi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatiga to'g'ri keladi. SHu kungacha u turli sabablarga 59 uchrashuvni o'tkazib yuborishiga to'g'ri kelgan.  


Gollar
Ushbu 640 uchrashuvda Inesta 55 bora raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. 34 bor Primeroda, 11 bor CHempionlar ligasida, 9 marotaba mamlakat kubogida va bir bora Ispaniya superkubogida qahramonimiz raqib darvozabonlarini xafa qilgan. Inesta faqatgina UEFA superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida to'p kirita olmagan.

Golli uzatmalar
''Barselona''ning birinchi jamoasi uchun Inesta 136 bora golli uzatma bera olgan. 84 bor primeroda, 31 bor chempionlar ligasida, 14 bor Ispaniya superkubogida va yana 6 bor boshqa turnirlarda, jamoadoshlarining gol urishiga o'zining munosib hissasini qo'shgan.

Sardorlik bog'ichi
Andres Inesta 2015 yilda jamoaning birinchi sardori etib saylandi. Lekin uning sardorlik bog'ichini birinchi bora qo'lga olishi 2008/09 mavsumga to'g'ri kelgan.  Umimiy hisobda Inesta 120 bor jamoadoshlarini sardor sifatida maydonga olib tushgan.


Xorij saytlaridan Maqsud Yahyoev tarjimasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика