Andres Inesta Daniya klubi egasiga aylandi
15 noy 2024 11:42
Yangiliklar
Andres Inesta Daniya klubi egasiga aylandi
Andres Inesta Never Say Never (NSN) kompaniyasi va shveycariyalik hamkorlari Stoneweg bilan birgalikda Daniyaning "Helsinger" futbol klubini sotib oldi.
2005 yilda tashkil etilgan klub hozirda Daniya uchinchi divizionida qatnashadi, jamoa 2017/18 yilgi mavsumda Superligada ishtirok etgan, deb xabar berdi "Marca".
Ushbu jamoa o'z uy uchrashuvlarini 4000 tomoshabinga mo'ljallangan stadionda o'tkazadi. 2024 yilning oktyabrida faoliyatini yakunlagan Inesta klubning muvaffaqiyatli kelajagiga ishonch bildirdi.
"Biz "Helsinger bilan ishlashni boshladik. Ular juda yaxshi infratuzilmaga ega qiziqarli klub, ichida va uning atrofida juda ko'p yaxshi odamlar bor va Daniya futbolining muhim qismiga aylanish salohiyatiga ega. Klub katta ambiciyalarga ega. Biz endi futbol olamidagi tajribamizni "Helsinger" bilan bo'lishish uchun ko'p mehnat qilamiz", – dedi "Barselona" sobiq futbolchisi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar