So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Andrey Melnichuk: "Tabiat qo'ynidagi tayyorgarlik - ayni muddao" Yangiliklar

Andrey Melnichuk: "Tabiat qo'ynidagi tayyorgarlik - ayni muddao"

Dinamo jamoasining ikkinchi davra oldidan o'tkazgan dastlabki yig'ini yakuni arafasida jamoamiz sardori, tajribali posbon Andrey Melnichuk bilan qisqacha suhbatlashdik.
- Andrey, tog' yon bag'rlarida o'tkazilayotgan yig'in qanday o'tmoqda? Umuman, tayyorgarlik bosqichi borasidagi fikrlaringiz?

- Tatildan so'ng, yig'inning tog'da – mana shunday tabiat qo'ynida o'tkazilinayotganligi ayni muddao bo'ldi. Barcha futbolchilar katta ishtiyoq bilan mashqlarga kirishishgan. Bu erda futbolchilar jismoniy holatilarini tezroq yuqori holatga keltirishlari nisbatan oson kechadi. Qolaversa, tog'da futbolchi boshqa narsalarga chalg'imay, faqat tayyorgarlik haqida o'ylaydi. Ko'p jihatdan bunday so'lim go'shada tayyorgarlik olib borish jamoa futbolchilar uchun katta foyda bo'ladi.

- Birinchi davra bahslarida nimadan qoniqdingiz, nimalardan ko'nglingiz to'lmadi?


- Mavsumning boshlanish qismida erishgan natijalarimizdan ko'nglim to'ldi. CHunki, ketma-ket o'yinlarda Metallurgni o'yda mag'lub etdik, So'g'diyona va Andijon maydonidan g'alaba bilan qaytdik. Biroq, Paxtakorga qarshi kechgan o'yinda so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatga uchraganligimizdan so'ng, jamoaning ruhiy holati pasaydi. Har qancha urinmaylik, baribir ketma-ket o'yinlarda ochko ololmadik. Omad ham bizdan yuz o'girgandi. Faqatgina davra yakuni arafasida Buxoroda ham 70 daqiqa davomida bir kishi kam bo'lib o'ynagan bo'lsakda g'alabani qo'ldan chiqarib, durang natija bilan qaytdik. Navbahor bilan esa so'nggi turda ishonchli g'alabaga erishdik. Aynan mana shu bahsda ko'rsatgan o'yinimiz barcha futbolchilarga yana ishonchni qaytarib berdi.

- Oldinda esa jamoani ikkinchi davra o'yinlari kutmoqda. Bu safar jamoamiz o'z uyida 7 ta uchrashuv o'tkazadi…


- Bu jamoamiz foydasiga ishlaydi, degan umiddaman. O'z maydonimizda bo'ladigan So'g'diyona, Andijon, Qizilqum, Olmaliq, Neftchi, Buxoroga qarshi uchrashuvlarda g'alaba qozonishimiz shart. Aslida, birinchi davrada ham Navoiy, Olmaliq va Farg'onadan ochko bilan qaytishimiz mumkin edi, biroq o'yinlarda omadimiz kelmadi. Navoiyda o'tkazib yuborgan ikki golimiz ham qoidaga xilof edi – biri autdan qo'l bilan to'g'ri darvozaga kiritildi, ikkinchisi yaqqol ofsayddan edi. Olmaliq va Farg'onada esa yo'q joydan penalti belgilandi. Biz esa imkoniyatlarimizdan foydalana bilmadik. Umid qilamanki, jamoamiz ikkinchi davraga puxta tayyorgarlik ko'rib birinchi davrada yo'qotilgan ochkolarni qaytarib o'z joyiga qo'yadi.

Buning uchun davra o'yinlarini muvaffaqiyatli boshlashimiz muhim. Nasaf bilan uchrashuvda jamoamiz muxlislarning qo'llab-quvvatlashini his etib faqat g'alaba uchun maydonga tushadi. Tarkibimiz birinchi yil birga o'ynamayapti. Jamoa birga tajriba orttirdi, ancha shakllandik. Biz bilan yana ishga kirishgan Kamo Gazarov ham begona emas. U bilan o'tgan yil birga ishladik, birinchi davrada esa Kamo Aleksandrovich yoshlar tarkibida muvaffaqiyatli ishlab, asosiy tarkib uchun iqtidorli yoshlarni etkazib berdi. SHunday ekan, o'z kuchimizga ishonib, birga yaxshi natijalarni qo'lga kiritish uchun kurashishga tayyormiz.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика