So’nggi yangiliklar

17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  0 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  2 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  6 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  7 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  3 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  8

Andrey Fyodorov: "Farg'ona mening shahrim, "Neftchi" esa jamoam!" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Farg'ona mening shahrim, "Neftchi" esa jamoam!"

Yaqinda "Neftchi" murabbiylar shtabida ish boshlagan Andrey Fyodorovni muxlislarga ortiqcha tanishtirib o'tishning xojati bo'lmasa kerak.
O'zining boy tajribasi bilan endilikda Neftchiga yordam beradigan Andrey Vitalevich yana qadrdon jamoasiga qaytganidan mamnun ekanligini biz bilan bo'lgan suhbatda yashirib o'tirmadi.

- Farg'ona mening shahrim, "Neftchi" esa jamoam. Bu klubda o'ynab ulg'aydim. Endi bu jamoaga murabbiy sifatida yordam berishga qaror qildim. Albatta bugungi kunda jamoaning turnir jadvalida egallab turgan o'rnidan tashvishdaman. Neftchi ilgari grand klublar qatoridan yurgan. Afsuski oxirgi yillardagi natijalar kishini dilini xira qiladi. Endi ushbu inqirozdan olib chiqib ketish uchun men ham bor bilim va mahoratimni ishga saloman.

- Murabbiylar shtabida Murod Ismoilov va Sergey Lebedov singari o'zim uchun qadrdon bo'lgan do'stlarim bilan ishlash yoqimli.

- O'zim himoyachi bo'lganim uchun bu erda asosan mudofaa chizig'i vakillari bilan ishlayman deya olmayman. Bosh murabbiyning dasturi bo'yicha ish olib boramiz. Lekin kimgadir maslahatim kerak bo'lsa, bajonidil berishga tayyorman. Vaqti kelsa albatta himoyachilarimizga ham kerakli ko'rsatmalar berib boraman", - deydi Andrey Fyodorov.

Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика