So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  12 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  23 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Andrey Derkachni tabriklaymiz + intervyu Yangiliklar

Andrey Derkachni tabriklaymiz + intervyu

Bugun "Mashal" klubining ushbu yildagi yagona legioneri Andrey Derkach o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
29 yoshni qarshi olgan futbolchimiz jamoaga ushbu yilda kelib qo'shildi. "Mashal"ning barcha uchrashuvlarida maydonga tushib o'zidan ijobiy taassurot qoldirayotgan yarim himoyachi jamoaning bir bo'lagiga aylandi.

"Mashal" PFK jamoasi futbolchiga sog'lik salomatlik , ishlariga muvaffaqiyat tilaydi. G'alaba hamisha hamrohi bo'lsin!

Andrey klubimiz rasmiy sayti uchun kichik intervyu berib o'tdi.

- Andrey avvalo tug'ilgan kuningiz bilan. Klub jamoasi nomidan muborakbod etamiz!

Katta rahmat. Klubning barcha jamoalar men uchun qadrdon bo'lib qoldi. Ushbu klubni tanlab xato qilmadim deb o'ylayman.

- Bugun tug'ilgan kunni qanday nishonlamoqchisiz?

Oddiygina qilib,  butun jamoamiz bilan bir dasturxon atrofida nishonlaymiz. Erta bilan tabriklarni qabul qilib oldim. Kayfiyat alo buning uchun avvalo jamoadoshlarimga rahmat.

- O'zbekiston chempionatida sakkizta uchrashuvda maydonga tushdingiz. Endi siz O'zbekiston chempionati haqida dastlabki fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?

Ochig'ini aytaman. Menga O'zbekistondan taklif borligini va u erda omadimni sinab ko'rish uchun imkoniyat bo'lganda birinchi bo'lim O'zbekistonda to'p surgan do'stlarim bilan aloqaga chiqdim. Ulardan to'la malumotni olgandan so'ng Oliy ligaga qaytgan "Mashal"da ko'rikdan o'tish uchun keldim. Kelishdan oldin chempionat haqida etarlicha malumotga ega emas edim. Garchi eshitib borganim bilan maydonga tushganimdan so'ng to'la fikrlarga ega bo'la boshladim. Kelishdan avval chempionatni bu  darajada yuqori ekanligi haqida kutmagandim. Jamoamiz rasmiy debyutant bo'lgani uchun juda qiyin bo'lishini taxmin qilgandim.SHunga qaramay yaxshi jamoa shakllanganiga guvoh bo'ldim. Mamlakat chempionatida etakchi jamoalar bilan keyingi pog'onadagi jamoalar o'rtasida katta farq bor. Bu esa chempionat saviyasini yuqorilashiga salbiy tasir o'tkazishi mumkin. Menda "Paxtakor" ijobiy taassurot qoldirdi. O'z maydonimizda o'tkazgan "Bunyodkor" va "Lokomotiv"ga qarshi jamoalar ham kuchli ekanligini isbotladi.

- "Mashal"ga moslashish jarayoni qiyin bo'lmadimi ?

Yo'q unday deb o'ylamayman. Jamoadoshlarim qo'llab-quvvatladi. Undan tashqari jamoada etakchi futbolchi Dilyaver Vaniev kirishib ketishimga yordam bermoqda. Bosh murabbiy ham futbolchilarni qo'llaydi. Muhitni tozaligi uchun barcha bilan tez kirishib ketishda muammo bo'lmadi. Til borasida ham O'zbekiston chempionatida qiyin bo'lmayapdi. Asosan mashg'ulotlar va ko'rsatmalarni barchasi rus tilida. Taomlari borasida esa maqtab o'tmasam bo'lmaydi. Barchasi alo. O'zbekistonda esa Vyacheslav SHevchenko, Pishchur, Melnichuk bilan yaxshi munosabatdamiz. Doimo gaplashib turamiz.

- Ukrainada chempionatida ham bir necha yillar maydonga tushgan futbolchi sifatida bizni chempionat bilan qanday farqlarni ko'rdingiz?

Ukraina chempionati kuchli. U erda har bir jamoa evroligalarda maydonga tushish uchun keskin kurashadi. Futbolchilar saviyasi ham albatta Ukrainada kuchli. Texnika va tezlik yuqori. O'zbekistonda chempionat ko'proq yakka kurashlarga asoslanadi. Har bir o'yin jangavor o'tadi lekin etakchi jamoa bilan undan keyingi jamoani o'rtasida katta tafovut bor.

- "Mashal"ga tashrif buyurganingizda jamoa rahbariyati yoki murabbiy bilan suhbatlashganingizda klubning vazifasi haqida so'rab ko'rdingizmi?

Yaxshi savol. Albatta gaplashim ko'rganimda rejalar menga maqul keldi. "Mashal" asosan o'z akademiyasi futbolchilariga tayanar ekan. Har bir o'yinda g'alabani ko'zlashi va yoshlardagi ishtiyoq meni xursand etmoqda. Juda ko'plab istedodli futbolchilar ko'p ekan. Vazifa esa har bir uchrashuvda g'alaba qozonsak, muxlislarimizni xursand etsak bo'lgani. Ko'plab shaharlarda bo'ldim. Har birini o'zgacha muhiti bor. Toshkent va Samarqand menga yoqdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика