"Andijon" Toshkentga yo'l oldi
03 apr 2014 19:28
Yangiliklar


"Andijon" Toshkentga yo'l oldi
5 aprel kuni chempionatning 4-turida “Olmaliq” klubi bilan kuch sinashadigan “Andijon” jamoamiz bugun ertalab Toshkentga yo'l oldi.
O'yinga puxta tayyorgarlik ko'rish uchun “Andijon” safarga ertaroq yo'l oldi. Jamoamiz bugun va ertaga poytaxtda mashg'ulot o'tkazadi. Eslatib o'tamiz, o'tgan uchta uchrashuvda jamoamiz birorta ochko olgani yo'q. “Olmaliq” esa mavsumni muvaffaqiyatli boshlab, 7 ochko bilan turnir jadvalining 2-pog'onasidan joy olgan.
“Olmaliq” va “Andijon” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 5 aprel kuni soat 17:00da boshlanadi.
“Olmaliq” va “Andijon” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 5 aprel kuni soat 17:00da boshlanadi.

Fikrlar