So’nggi yangiliklar

17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  1 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  6 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  4 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  5 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0

“Andijon” klubi eng odil hakam Ravshan Ermatovni qutlaydi Yangiliklar

“Andijon” klubi eng odil hakam Ravshan Ermatovni qutlaydi

Vatandoshimiz, yurtimiz iftixori, eng kuchli FIFA referilaridan biri Ravshan Ermatov qo'lga kiritgan sovrinlar soni kuni-kecha yana bittaga ortdi.
U Filippin poytaxti Manilada o'tkazilgan OFKning yil yakunlariga bag'ishlangan tadbirida Osiyoning 2014 yilgi eng yaxshi hakami nomiga sazovor bo'ldi.

Osiyo futbol konfederaciyasiga 1954 yili aynan Manilada asos solingan edi. OFKning 60 yillik yubileyiga ulanib ketgan bu galgi yil marosimi bejizga Filippinda tashkil etilmadi. Va ramziy manoda, mazkur tadbirda Ravshan Ermatov o'zining sermahsul mehnatlari uchun qitada yana bir bor katta etirof oldi.

Ermatov Braziliyadagi JCHni ishonchli o'tkazganidan so'ng bu yil eng yaxshi hakam nomi unga tegishiga aslida hech kimda hech qanday shubha yo'q edi.

“Andijon” futbol klubi nomidan, jamoamizning minglab ishqibozlari va butun andijonliklar nomidan biz yurtimizning zabardast o'g'loni Ravshan Ermatovni navbatdagi muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!
O'zbek referisi uchun bu hisob bo'yicha beshinchi shunday unvondir. Bungacha Ermatov Osiyoda 2008, 2009, 2010 va 2011 yillarda ham eng yaxshi hakam deb topilgandi.

Ermatov o'z faoliyati davomida juda ko'plab yutuqlarga erishdi. Unga yaqin orada yana bir oliy cho'qqi zabt etilishini tilaymiz: niyatimiz – 2018 yili Rossiyada bo'lib o'tadigan JCH finalchilarini maydonga aynan Ravshan Ermatov boshlab tushsin!

O'zbek o'g'li Ravshan – “Eng oliy hakam”.
Adolat, jasorat unda mujassam,
Mahorat va g'ayrat unda jamuljam,
Maydonda olqishlar uni muxlis ham,
Ravshandir – qitada eng odil hakam!


“Andijon” futbol klubi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика