So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Andijonning ikki jamoasi Qozog'istondagi turnirning yarim finalida Yangiliklar

Andijonning ikki jamoasi Qozog'istondagi turnirning yarim finalida

SHu kunlarda qo'shni Qozog'istonning SHimkent shahrida 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida sobiq Ittifoq mehnat qahramoni Boranbek SHukurbekov xotirasiga bag'ishlangan futbol turniri bo'lib o'tmoqda.

Suratda: Farhod G'ofurov murabbiyligidagi Andijon VFIMI jamoasi

11 jamoa ikki guruhga bo'lingan holda bosh sovrin uchun kurash olib borishyapti. Takidlash joizki, ushbu musobaqada respublikamizning Andijon futbol akademiyasi, Qibray hamda Andijon viloyati futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati jamoalari ham o'z omadlarini sinab ko'rishmoqda. Endi guruhlar bilan tanishing:

“A” guruhi: Aris-1 (Qozog'iston), Andijon futbol akademiyasi (O'zbekiston), Qoziyurt (Qozog'iston), Qibray (O'zbekiston), Qirg'iziston o'smirlar jamoasi, So'zoq (Qirg'iziston)

“B” guruhi: Andijon viloyati futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati (O'zbekiston), Aris-2 (Qozog'iston), CHordara (Qozog'iston), Qorabuloq (Qozog'iston), Taraz (Qozog'iston)

O'z vaqtida mamlakatimizning bir qator klublarida to'p surgan Farhod G'ofurov boshchiligidagi Andijon viloyati futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati jamoasi azolari barcha uchrashuvlarni qo'tarinki kayfiyatda o'tkazib, “B” guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Andijon VFIMI – Aris-2 – 1:1, Andijon VFIMI – CHordara – 4:0, Andijon VFIMI – 3:0, Andijon VFIMI – Taraz - 1:0. 

Malumot uchun, bugun mazkur turnirning yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Aris-1, Aris-2, Andijon futbol akademiyasi hamda Andijon VFIMI final yo'llanmasi uchun kurash olib borishmoqda.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика