So’nggi yangiliklar

17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  1 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  2 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  3 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  10 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  16

Andijonning dastlabki yig'ini yakuniga etdi Yangiliklar

Andijonning dastlabki yig'ini yakuniga etdi

Teglar :  Andijon
Mavsum-2016ni omadsiz o'tkazgan burgutlar oliy ligani tark etdi.

Endilikda jamoa kelasi mavsumni birinchi ligada o'tkazadi. Bir yilning o'zidayoq yana elitaga qaytishni o'ylayotgan Andijon dekabr oyida qisqa muddatlik yig'in o'tkazdi. Ushbu yig'in chog'ida asosan mahalliy yigitlar ishtirok etganini etirof etish kerak. Boisi asosiy tarkib azolarining deyarli barchasi o'zlariga boshqa jamoa topishga qaror qilishmoqda. Faqatgina hozircha Ibrohim Otaxonov bilan Farhod Bekmurotov qolgan xolos. Ular bilan birgalikda asosan yoshlar jamoasida o'ynagan futbolchilardir. SHuningdek ortda qolgan mavsumni Obodda o'tkazgan andijonlik futbolchi Akbar Xodjaev ham jamoaga qaytib keldi va yig'inda ishtirok etdi.  Mashg'ulotlarga murabbiylardan Vitaliy Legay, Rasul Rahmonov va Qobiljon Olimjonov boshchilik qildi.

Dastlabki yig'in so'nggida murabbiylar UzTongXongKo (zavod jamoasi) bilan nazorat uchrashuvini  tashkil etib futbolchilarning imkoniyatini ko'zdan kechirib oldi. Bahsda 3:3 hisobi qayd etildi.

Andijon: Davron Jo'raqulov, Artur Mamatkazin, Dilmurod Mahmudov, SHoyad Mullajonov, Akbar Xodjaev, Ibrohim Otaxonov, Farhod Bekmurotov, Farruh Mirzaev, Jahongir Maqsudov, Alisher Abduvohidov, Avaz Olimjonov.
Zaxiradan tushganlar: Barakatillo Isroilov, Ahror O'ktamov, Abror Komilov, Baxtiyor Qosimov, Sirojiddin Ettiboev va bir nechta yoshlar.


Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика