So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  17 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  13 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Andijonliklar bosh sovrin sohibi Yangiliklar

Andijonliklar bosh sovrin sohibi

Sobiq FIFA referisi Toir Tashmuxamedov tashabbusi bilan O'zbekiston futbol associaciyasi ijroiya qo'mitasining faxriy azosi, o'zbek futbolining haqiqiy fidoiysi va jonkuyari Jo'ra ota Xonazarov xotira turniri ananaviy tarzda o'tkazib kelinmoqda.

19-bor tashkil etilgan bu yilgi mazkur musobaqada 2005 yilda tug'ilgan o'smirlardan iborat 22 ta jamoa 4 mintaqaga bo'lingan holda g'oliblik uchun o'zaro bahs yuritishdi. 

Guruh uchrashuvlari Toshkent viloyatining G'azalkent va Qiziltog' shaharlarida shuningdek, Ahmad Yassaviy va Alisher Navoiy nomli stadionlarda uyushtirildi. O'z guruhlarida birinchi o'rinni egallagan Sport o'yinlari turi va engil atletika bo'yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi, Zangiota, Andijon va CHirchiq jamoalari keyingi bosqich yo'llanmalarini qo'lga kiritishdi. 29 iyun kuni Yuqorichirchiq tumanidagi Ahmad Yassaviy nomli stadionda yarim finalning dastlabki to'qnashuvida sport o'yinlari turi va engil atletika bo'yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi zangiotalik tengqurlarini yirik 3:0 hisobida dog'da qoldirishdi. 

Vodiydan tashrif buyurgan andijonlik yosh futbolchilar CHirchiq jamoasi bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida zafar quchishdi. Kecha Qiziltog' shaharchasi stadionida sovrinli pog'onalarni egallagan jamoalar nomini aniqlab berdi. Jumladan, 3-o'rin uchun kechgan qarama-qarshilikda chirchiqlik yosh futbolchilar Zangiota jamoasini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. 

Finalda esa sport o'yinlari turi va engil atletika bo'yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi Andijon shahri vakillari bilan ro'baro' kelishdi. Keskin va murosasiz o'tgan uchrashuvda mehmonlarning qo'li baland keldi, 0:2. Turnirning taqdirlash marosimida taniqli sport sharhlovchisi Axbor Imomxo'jaev, sobiq “paxtakor”chi SHamil Yafarov hamda O'FA mutaxassisi Oybek Yunusovlar ishtirok etishdi. 

Musobaqa tashkilotchilari va homiylar tomonidan tasis qilingan diplomlar, medallar hamda esdalik sovg'alari o'z egalariga topshirildi. Qolaversa, Qiziltog' mahalla fuqarolar yig'ini faollari turnir davomida o'zlarining chiroyli harakatlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo'lgan yosh futbolchilarga alohida sovrinlarni topshirishdi.

Quyidagilar turnirning “eng yaxshilari” deb topilishdi:

“Eng yaxshi darvozabon” – Ahmadjonov Otabek (Andijon)

“Eng yaxshi himoyachi” – Tolibjon To'xtasinov (Zangiota)

“Eng yaxshi yarim himoyachi” – Axmedzyanov Abror (CHirchiq)

“Eng yaxshi hujumchi” – Jasur Fayzullaev (Sport o'yinlari turi va engil atletika bo'yicha IBO'SM)

“Eng yaxshi to'purar” – Azizbek Usmonov (Andijon)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика