So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  58 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

Andijonlik yoshlar Jizzaxdagi turnirda g'olib bo'lishdi Yangiliklar

Andijonlik yoshlar Jizzaxdagi turnirda g'olib bo'lishdi

Teglar :  Andijon
Yaqinda Jizzax viloyatining SHarof Rashidov tumanida o'smirlar o'rtasida futbol bo'yicha Respublika turniri bo'lib o'tdi.

“1 iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan qolaversa “biz yoshlar terrorizmga qarshimiz” shiori ostida o'tgan musobaqada Respublikamizdagi bir qator viloyat jamoalari ishtirok etdi. Ushbu chempionat ikki hil yosh toifasida o'tkazildi. Yani 2001-2002 va 2004-2005 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida kechdi.

2001-2002 yillarda tug'ilgan o'smirlar musobaqasida 8ta jamoa ishtirok etgan bo'lsa, 2004-2005 yildagi futbolchilar o'rtasidagi turnirda esa 13ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib bordi. Jamoalar musobaqa reglamentiga ko'ra uch guruhga bo'lib ajratildi va bellashuv qizg'in kurashlar ostida o'tdi deyish mumkin.


Andijon viloyatidan “Ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi” tarbiyalanuvchilari ham ushbu musobaqada ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan o'rin egalladi. Murabbiylar Bahodir Ro'zimatov, Azizbek Isamutdinov va Azizbek Abdullaev boshchiligida ikkita jamoa bevosita turnirda qatnashdi. Unda 2001-2002 yillarda tug'ilgan o'smirlar jamoasi finalgacha etib borib, mezbonlar “Jizzax-Bars”ga imkoniyatni boy berdi va yakunda kumush medallarga egalik qildi.

2004-2005 yillarda tug'ilgan bolalardan iborat bo'lgan jamoa ham finalga qadar etib bordi va ular Namangan viloyati jamoasidan 2:0 hisobida ustunlikka erishib, kichik oltin medallarni hamda musobaqa bosh sovrini bo'lgan – Kubokni qo'lga kiritdi.

Ushbu turnir yakuniga etgach, Andijon viloyatining “IBO'SM” jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ro'zimatov ushbu musobaqa to'g'risida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Jizzaxda juda ajoyib va shu bilan birga foydali bo'lgan turnirni o'tkazdik deyish mumkin. Bolalar uchun bu kabi musobaqalar juda ham kerak. Ushbu Respublika miqyosidagi turnirda Andijon viloyatidan tashqari Toshkent, Buxoro, Jizzax, Guliston va Namangan jamoalari ham ishtirok etishganini aytib o'tmoqchiman. CHempionat tashkilotchilariga bizni taklif etishgani uchun jamoamiz nomidan rahmat deymiz. U erda mezbonlar tomonidan ishtirokchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi. Hech qanday muammo bo'lmadi. Bolajonlarimiz ko'pchilikda iliq taassurot qoldirganini ham alohida takidlash lozimdir. Yakunda sovrinlarni yutganimizdan xursand bo'ldik. Asosiysi bu emas. Yigitlarda har tomonlama o'sish bo'lishidir. Ularni dunyo qarashini ham o'sib borishiga etibor qaratmoq joiz. Endi navbatdagi musobaqaga hozirlik ko'ramiz. Nasib qilsa iyul oyida Marg'ilon shahrida bo'lib o'tadigan “Futbol g'unchasi” turniriga ham borishni rejalashtirib turibmiz. Jizzaxga bora olmagan ayrim shogirdlarimizni enidikda ushbu turnirda bevosita ishtirok etishini taminlashga xarakat qilamiz – deydi Bahodir Ro'zimatov.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика