So’nggi yangiliklar

20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  3 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  0 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  4 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  2 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  6 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  10 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  2 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2

Andijonlik ishqibozlardan futbolchilarga ochiq xat Yangiliklar

Andijonlik ishqibozlardan futbolchilarga ochiq xat

Teglar :  Andijon
Xurmatli futbolchilar chempionatimiz yakunlanib borayotgan sari andijonlik muxlislarning xis hayajoni ortib bormoqda.
CHunki barchaga yaxshi malumki, bo'lajak ikki uchrashuv “Andijon” uchun nihoyatda muhim sanaladi. Yurtimizda ishqibozlik borasida etakchi o'rinlarda yuradigan Andijon xalqi kelasi yil ham sevimli jamoamizni yana oliy ligada ishtirok etishini juda-juda istaydi. Afsuski bu yilgi chempionatda ishtirokimiz maqtagulik darajada bo'lmadi. Bo'lib o'tgan ishlar va salbiy natijani qo'ya turaylik, biz andijonlik minglab ishqibozlar Siz futbolchilardan chempionatdagi so'nggi ikki turni faqat-faqat g'alaba bilan yakunlab, xalqimizga yuqori kayfiyat keltirishlaringizni so'raymiz.

Aslida shu kunlarda ishqibozlar va futbolchilar o'rtasida ochiq-muloqot o'tkazishni rejalashtirgandik. Ammo bu narsa bo'lajak muhim bahs oldidan sizlarga turlicha tasir o'tkazishi mumkin degan xulosaga kelindi va sizlarga OAV orqali ochiq xat yo'llamoqdamiz.

Tarkibdagi ko'plab futbolchilarimizga yaxshi malumki, Andijon xalqi futbolni sevadi va uni doimo qadrlaydi. Afsuski so'nggi yillarda jamoamizning ishtiroki barcha muxlislarni kayfiyatini pir qilib kelmoqda. Sizlarga ushbu ochiq xatimiz orqali bo'lajak bahslarda omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz. Sizlardan shuni so'rardikki, “Obod” va “Navbahor”ga qarshi bahslarda maydonga chiqqaninglarda bor kuch g'ayratinglarni ishga solib, viloyat obro'si uchun, xalq uchun chinakam kurashishinglar shart va sizlar bunga majbursizlar. Ishonamizki, ayni paytdagi tarkibda to'p tepayotgan o'yinchilarning har birida g'alabaga tashnalik yuqori va ular biz kutgan ijobiy natijani qayd eta oladi. Faqat buning uchun maydonda astoydil bor kuch bilan o'ynash kifoya. Garchi sevimli jamoamiz turnir jadvalida so'nggi o'rinda borayotgan bo'lsada, bizningcha muxlislik va jamoani har bir uchrashuvda qizg'in qo'llab-quvvatlash yuqori suratda olib borilmoqda. Biz andijonlik ko'plab ashaddiy ishqibozlar nasib qilsa, chorshanba kuni Toshkentda “Obod”ga qarshi kechadigan uchrashuvga ham tashrif buyurib, futbolchilarni astoydil qo'llab-quvvatlashni maqsad qilganmiz. To'g'ri, yaqin ikki turdagi principial raqiblarimizga qarshi bahs oson o'tmaydi va ular ham maydonga chiqgach, borini beradi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ammo futbolda engilmas raqibning o'zi yo'q. Bunga misol tariqasida joriy yilning ikkinchi davrasida o'z maydonimizda “Paxtakor” va Farg'onada “Neftchi” ustidan qozonilgan g'alabalarni keltirish kifoya. Biz ana shunday hujumkor va jozibali o'yinni sog'indik.

Bobur yurti Andijon, biz senga beramiz jon!

OLG'A "ANDIJON"!

Andijonlik muxlislar
Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика